Похожие презентации:
Fiziokratlar maktabi
1.
Mustaqil ish Mavzu: Fiziokratlar maktabi. F. Kenening iqtisodiy jadvaliMustaqil ish Mavzu: Fiziokratlar maktabi. F.Kenening
iqtisodiy jadvali
Reja:
Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti
Fiziokratlar maktabi
F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. F.Kenening iqtisodiy jadvali
Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular
merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini
iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish
sohasiga ko`chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda ular
"zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar.
Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi
doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ularni
boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo,
fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi
sohasi bilan cheklab qo`ygan edilar (Fransiyaning ta'siri),
ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb
bilganlar.
Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini
iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Olimlar
iborasi bilan aytganda ular "zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar.
Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki
tahlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo,
fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan cheklab qo`ygan
edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb
bilganlar.
Bu ta'limot, garchi uning ko`pgina xatolari bo`lsa ham haqiqatga yaqinlashish borasida
navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. O`sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy
siyosat (Kolberning merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Ludovik XIV o`rniga kelgan
yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosatni davom ettirdi, Fransiya Angliya bilan yetti
yillik urush olib borib, unda yengildi, Kanadadan va Sharqdagi bir qancha
mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu
sharoitda bu ahvoldan chiqish yo`li tabiatdan qidirildi.
2.
Fiziokratlarning dasturi bo`yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari tugatilishi, fiskal(soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona soliq olinishi, mayda yer
uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi barcha proteksionistik to`siqlar bartaraf
etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytganda, Angliyadagi qishloq xo`jaligiga xos ish
yuritish taklif etildi.
Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti Fiziokratlar maktabi
Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII asrda Fransiyada ijod
etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan
kapitalizmga o`tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo`nalish Fransiyada vujudga keldi va
bu tasodifiy emas edi. Fransiya iqtisod va ayniqsa, sanoat bo`yicha Angliyadan ancha
ortda bo`lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufaktura
rivojlana boshladi.
Bu ta'limot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan qishloq xo`jaligini
mamlakatni og`ir ahvoldan chiqarishning bosh yo`li deb belgiladi. Tabiiy qonunqoidalarga amal qilish kerakligi, shu yo`l bilan mamlakat boyligini orttirish mumkinligi
ko`rsatib berildi.
Fransiyadagi qishloq xo`jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbirlari tadqiqotlarning
asosi bo`ldi
Agrar masalani hal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo`lib qoldi. Ular qishloq
xo`jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar.
F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. F.Kenenig
iqtisodiy jadvali
Fransua Kene(1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida
kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga havas qo`ydi,
qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga
ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik
kasbini oldi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa
Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid
ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot
muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi.
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda
yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha,
bu yerda obyektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi
foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va
suhbatdoshi bo`lgan edi.
Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber,
V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar
maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning
eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to`g`ri keladi.
3.
F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora
mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida
rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor
etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi.
Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib,
uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi.
Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu
sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish
shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda).
Iqtisodiy jadval (fr. Tableau économique) - bu frantsuz
iqtisodchisi Fransua Kening asari bo'lib, u ijtimoiy takror
ishlab chiqarishni bir butun sifatida tavsiflashga qaratilgan
birinchi urinishlardan biridir. Iqtisodiyotning kategoriyaviy
apparatini "takror ishlab chiqarish" atamasi bilan
to'ldirgan Kuesniy edi [manba 2984 kun ko'rsatilmagan].
Olim tomonidan 1758 yilda tuzilgan jadval tabiiy, ya'ni
moddiy va qiymat, ya'ni pul, ishlab chiqarish elementlari
o'rtasida mutanosiblik nisbatlarini o'rnatishga asoslangan.
Iqtisodiy jadval (fr. Tableau économique) - bu frantsuz iqtisodchisi Fransua Kening asari
bo'lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishni bir butun sifatida tavsiflashga qaratilgan
birinchi urinishlardan biridir. Iqtisodiyotning kategoriyaviy apparatini "takror ishlab
chiqarish" atamasi bilan to'ldirgan Kuesniy edi [manba 2984 kun ko'rsatilmagan]. Olim
tomonidan 1758 yilda tuzilgan jadval tabiiy, ya'ni moddiy va qiymat, ya'ni pul, ishlab
chiqarish elementlari o'rtasida mutanosiblik nisbatlarini o'rnatishga asoslangan.
"Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab
chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana
yer egalariga (renta) beriladi.
"Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi
bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo`yicha ham tahlil etish mumkin.
Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontyevning "xarajatlar - chiqarishlar" jadvalini
eslatadi. Xuddi Leontyev tizimidek ma'lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha
omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot qiymati
boshqa sektorning umumiy to`lovlari bilan to`la qoplanadi (1-jadvalga qarang). Bizning
misolda uchta sektor mavjud (uning soni ko`p ham bo`lishi mumkin).
4.
Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib berilgan.Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror ishlab
chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat teng). Hayotda odatda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va
yer egalarini jamiyat asosi sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi
o`ringa qo`ya olmas edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi
fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni
sinflarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi.
Ishlab chiqarish
Xarid
Ishlab chiqarishning bir yillik hajmi
I
II III
Fermerlar
2
1 2 5
Yer egalari
2
0 0 2
Hunarmandlar
1
1 0 2
Yakuniy xarid
5
2 2 9
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof mahsulot" va
"kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning
kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham
ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda
baholarning o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili
asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi
(ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak).
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr muomala (aylanish)
momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotining
qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib
(4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli,
shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital
("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga
(amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 10 foiz
yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd, "sof
mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd
livrlik mahsulotga ega.
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy
xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmabirlashtirilgansdan,
5.
ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga. Ana shu sinflar o`rtasidagimuomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab
chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti
sifatidagina qarab chiqishga uringan.
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik modellashtirishni amalga
oshirgan edi.
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon
asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv;
2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval".
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada
izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan
mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab
chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga
ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar
va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar
bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
E”tiboringiz uchun raxmat
http://hozir.org