656.60K
Категории: ЭкономикаЭкономика БизнесБизнес

Xorijiy mamlakatlarda kichik va biznes va xususiy tadbirkorlik. AQSHda kichik biznes va tadbirkorlik

1.

Xorijiy mamlakatlarda kichik
va biznes va xususiy
tadbirkorlik. AQSHda kichik
biznes va tadbirkorlik.
Gulahmadov Shahboz Akbarovich

2.

Reja :
Кichiк коrхоnаlаrdа innоvаtsiоn jаhоn tаjribаlаri
Mayda tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o`rni
AQSHning jahon bozor iqtisodiyotidagi yetakchi
o`rni va buni belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar

3.

AQShning ishlab chiqarish potensiali va tabiiy
resurslari
Amerika Qo‘shma Shtatlari territoriyasining
kattaligi jihatidan (9,3 mln. km2) RF, Braziliya
va Kanadadan keyin jahonda to‘rtinchi o‘rinda
turadi. AQSH tarkibiga uch qism kiradi.
Birinchisi – asosiy territoriya, unda 48 ta
shtatlar joylashgan, butun mamlakatning 4/5
qism maydonini egallaydi. U to‘rtburchak
massiv shakliga ega bo‘lib, sharkdan g‘arbga
qarab salkam 4,7 va shimoldan janubga
qarab 3 ming kilometrga cho‘zilib ketgan.
Qolganlari undan uzokda joylashgan Alyaska
yarim oroli, va Tinch okeanidagi Gavay
orollari shtatlaridir. Mamlakatning iqtisodiygeografik joylashishi juda qulay. Bu ko‘p
jihatdan sharqqa Atlantika okeani, g‘arbda
Tinch okeani bilan tutashligiga bog‘liq. Dengiz
chegaralari 12 ming kilometrga cho‘zilgan. Bu
azaldan okean orti mamlakatlari bilan savdo
aloqalarida yengillik tug‘dirib keladi va ayni
paytda mamlakat xavfsizligini kafolatlaydi.

4.


Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay tabiiy sharoitga ega. Ammo uzoq vaqt nooqilona
foydalanish oqibatida mamlakatda bir qator eng yaxshi konlar qashshoqlashib qoldi. Biroq ilmiy
texnika progressi uncha boy bo‘lmagan va sifatli konlarni ochishga imkon yaratdi. Bu esa
AQShning xom ashyo bazasini sezilarli to‘ldirdi. Jumladan, ko‘mir zaxiralari, molibden,
oltingugurt, fosforitlar va kaliy tuzlari qazib olish ko‘paydi. Milliy ishlab chiqarish talabni temir va
mis rudasi, bir necha kam darajada qo‘rg‘oshin-rux, uran rudalari qondirishi mumkin. Marganes
rudasi, qalayi, nikel, grafit, xrom, boksit, noyob metallar kam. Neft va tabiiy gaz potensiallari
anchagina katta, ammo ishlatilayotgan konlar tez qashshoqlanib qolayapti. Yangi konlarni qidirib
topish va foydalanishga topshirish juda sust borayapti. Bunga sabab shuki, monopoliyaga
AQShdagiga nisbatan qazib olish qiymati ancha arzon bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar,
shuningdek Kanada va Avstraliya boyliklari ma’qul kelayapti. Oqibatda importda yoqilg‘i va
mineral xom ashyo ulushi ortayapti, milliy mineral baza roli pasayapti. Alyaskada neft konlari
ikkinchi jahon urushidan keyinroq ochilgandi, ammo kon zahirasi nisbatan kam ekan. 60-yillarda
Alyaskada qidiruv ishlari qayta boshlandi va natijada Pradxo-Beyda zahirasi 2 mlrd. tonadan
ziyod noyob koni topildi. U Boforta dengizi qirg‘oqlarida, Barrou burunidan 300 km. janubisharqda, abadiy muzliklar bag‘rida joylashgan.

5.

Кichiк коrхоnаlаrdа
innоvаtsiоn jаhоn tаjribаlаri
Tadbirkor o`ziga xos xususiyatlar,
shaxsiy sifatga ega bo`lib, har bir
mamlakatning katta milliy boyligini
tashkil etadi. Shuning uchun ham
yuqori darajali barcha xususiyatlarga
ega bo`lgan tadbirkorlikni shakllantirish
o`tish davrini boshidan kechirayotgan
respublikamiz uchun zaruriyatdir.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va
rivojlanishida mayda tadbirkorlikning
ta’siri va ahamiyati kattadir. Har bir
mustaqil faoliyatli fuqaro o`rnini
biznesda sinab ko`rishga urinadi.
Shuning uchun ham tadbirkorlik eng
ommaviy va keng tarmoqli xolatdir. Bu
to individual, oilaviylikdan tijoriy
tashkilot darajasigacha bo`lishi
mumkin. Lekin eng muhim tomoni
shuki, bu ko`p bo`lmagan va oz sonli
yoki o`rta miqdordagi ishlovchilardan
iborat bo`lib, bular kichik va o`rta
tadbirkorlik mazmunida bo`ladi.

6.

Mayda tadbirkorlikning
iqtisodiyotdagi o`rni
Ko`pchilik mamlakat bozor iqtisodiyotida
kichik biznesning ahamiyati juda katta.
Mayda tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni xal qilishda yetakchi o`rinni
egallaydi. Hatto bozor iqtisodi rivojlangan
mamlakatlarda ham bu soha xalq
xo`jaligi rivoji, ijtimoiy muammolarni
yechishda, ishda bandlik darajasida katta
rol o`ynaydi. Ishlab chiqariladigan
tovarlar va ularni sotish, xizmat
ko`rsatishni rivojlantirish sohalarida
salmog`i juda katta. Bozor iqtisodiyotiga
o`tish jarayonida esa iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishda, raqobatni taraqqiy
ettirishda, yangi ish joylarini
ko`paytirishda, iste’mol bozorini tovarlar
bilan to`ldirishda, tadbirkorlikni
kengaytirishda asosiy ahamiyat kasb
etadi.

7.

AQSH tashqi iqtisodiy aloqallari
Hozirgi vaqtda AQSH iqtisodiyotida eksport roli o‘sayapti. Uning yillik
hajmi 1 trln. dollarga yaqinlashayapti. Bu mamlakat iqtisodiy o‘sishini
30 % ga ko‘payishini ta’minlaydi. Korxonalarda yuqori ish haqi bilan 12
mln. ishchi o‘rni yaratadi. Eksportni 15 % (mamlakatda o‘rtachadan
yuqori) ga oshiradi.
AQShda eksportga hamkorlik qiluvchi 100 dan ortiq markaz tuzilgan.
Bu markazlar tarmog‘i jahonning 70 mamlakatida 130 tijorat xizmat
vakolatxonalari bilan bog‘langan. Ularga Amerika eksportining 95 %
dan ziyotrog‘i to‘g‘ri keladi.
Eksport AQSH ichki milliy mahsulotiga nisbatan taxminan 6,7-7,2 %
ni, import-7% dan ko‘proqni tashkil etadi. AQSH tashqi savdo
xususiyatlari shuki, 1998 yildan tovar eksport hajmi qiymatlarda
pasaya boshladi. Buning asosiy sabablari shuki, AQSH iqtisodi
ko‘tarildi. Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida moliyaviy
beqarorlikda neft mojoralari tufayli talab kamaydi.
AQSH da qishloq xo‘jaligi eksportining kamayishi kuzatilayapti.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ikkita muammo bilan
to‘qnash keldilar: ichki bozorda qayta ishlab chiqarish va jahon
bozorida talabning qisqarishi. AQSH agrosanoat majuasi sezilarli
darajada tashqi bozorga qaratilgan: u yetishtirilgan har 3 tonna
g‘allaning 2 tonnasini eksport qiladi. Bularning bari AQSH savdo
balansida to‘qchilikning o‘sishiga olib keldi.

8.

AQSH tashqi iqtisodiy aloqallari
• Keyingi vaqtda import masalasida ham muammo o‘tkirlashayapti.
Ya’ni u ichki bozorda tobora ko‘proq yangi-yangi o‘rinlarni egallab
olayapti. AQSH bozorlarida sotilayotgan poyafzallarning 68 %,
kiyim kechakning 53 %, po‘latning 23 %, neft va neft
mahsulotlarining 50 % xorijlik yetkazib beruvchilar hisasiga to‘g‘ri
kelayapti.
• Savdo balansidagi passiv saldoni mamlakatning xalqaro
raqobatdagi o‘rni pasayapti, deb tushunmaslik kerak. AQSH haqli
ravishda jahon iqtisodiyotining lokomotivi rolini bajarayapti.

9.

1.
ADABIYOTLAR
Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar. Ma’ruzalar kursi. Samarqand, 2006.
Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy
munosabatlar. T.: 2005.
Shodiyev R.X., Maxmudov E.R. Jahon iqtisodiyoti. T.,
2005.
English     Русский Правила