628.46K
Категория: ЛингвистикаЛингвистика

Zidlov bog'lovchili qo'shma gaplar

1.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
“О‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI” KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: ZIDLOV BOG'LOVCHILI QO'SHMA GAPLAR
Ilmiy rahbar: _______________________
Taqrizchi:
_______________________
Bajardi:
_______________________
Toshkent 2023

2.

Mundarija
KIRISH .................................................................................................................... 3
I BOB. QO’SHMA GAP QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR ............. 6
1.1. Qoʻshma gaplar sentaksis ................................................................................. 6
1.2. Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar sinonimiyasi. ......................... 14
II BOB. ZIDLOV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN
QO’SHMA GAPLAR. .......................................................................................... 19
2.1 Zidlov bog'lovchili haqida tushuncha. ............................................................... 19
2.2 Bog’langan qo’shma gaplar. .............................................................................. 20
Xulosa .................................................................................................................... 24
Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................................... 25

3.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin
milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lgan ona
tilimizni o’rganish ilmiynazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo’lgan e'tibor
kuchayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “xalqning milliy madaniyati
va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning
davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish” , davlatimiz siyosatining eng
muhim ustuvor yo’nalishi ekanligini alohida ta'kidlagan.
O’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi o’zbek tilining taraqqiyoti yo’lida yangi
davrni boshlab berdi. Bu esa, o’z navbatida, davrni o’zbek tili tarixini to’g’ri va chuqur
o’rganish, til sathlarining tabiatini aniq tahlil etish va ularning badiiy matndagi
imkoniyatlarini ilmiy tahlil qilish, bu yo’nalishda zaruriy tadqiqot ishlarini olib borish
va ilmiy xulosalarga kelish kabi dolzarb vazifalarni yuklaydi.
O`zbek tiliga davlat maqomi berilishi, avvalo, tilshunoslik sohasida yangi-yangi
tadqiqotlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi va o’zbek olimlari tomonidan
yangiyangi izlanishlar olib borilmoqda. zidlov bog'lovchili qo'shma gaplar ham alohida
e'tibor qaratish zarur deb o’ylaymiz.
Qo‘shma gap sintaktik birlikning eng yuqori shaklidir. Qo‘shma gaplar uchun sodda
gaplar qurilish materiali sanaladi. Qo‘shma gaplar mustaqil sodda gaplardan emas, balki
mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog‘liq birliklardan tashkil topadi. Mazmuni,
grammatik tuzilishi hamda intonatsiyaga ko‘ra bir butunlikni tashkil etgan, turli xil
grammatik, leksik-grammmatik va leksik vositalar yordamida birikkan tuzilmalar
qo‘shma gap deyiladi. Demak, qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar mazmun va
intonatsiyasi jihatidan yaxlitlikni, bir butunlikni tashkil etadi.
Qo‘shma gap muammosi o‘zbek tilida XX asrning 30-yillaridan keyin ma’lum darajada
o‘rganila boshlandi. Qo‘shma gaplar dastlab ikki asosiy turga bo‘linib kelingan.
V.A.Bogorodskiy1 ham qo‘shma gap gaplarni ergashgan va bog‘langan deb ikkiga
1
Богородиский В.А. Общий курс русскрй грамматики. -М., 1935. -С.229.

4.

ajratish birmuncha sun’iy ekanligi, u tildagi jonli turli-tumanlik, xilma-xillikni o‘zida
aks ettira olmasligini aytgan.
I.A.Batmanov2 o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergash
gap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar. A.K.Borovkov3 qo‘shma gapning ikki
asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddi shu xildagi fikr A.N.Kononov4 ishida
ham
ta’kidlangan.
M.Asqarova 5
qo‘shma
gaplarni
ikki
guruhga
bo‘lgan.
G‘.A.Abdurahmonov6 esa qo‘shma gaplarni uch turga bog‘lovchisiz qo‘shma gap,
bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap turlariga bo’lgan.
N.A.Baskakov7 qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shma
gaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili,
bog‘lovchisiz) va ko‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap. Keyingi yillarda qo‘shma
gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ra tasniflash tavsiya etiladi.
Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarni
ham hisorbga olish lozim bo‘ladi. Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish
aloqa kabi oppozitsiyalarini hosil qiluvchi qutblari mavjud.
Tenglashish aloqasining xarakteri uning birinchi bosqich paradigmasini belgilashda
oppozitsiya asosi vazifasini bajaradi. Tenglashish aloqa tarkibida ikki ko‘rinishni
farqlash mumkin: a) yopiq qatorli tenglashish; b) ochiq qatorli tenglashish. Yopiq qatorli
tenglashishda ma’nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov aloqasi o‘z aksini topadi, vazifaga
ko‘ra qo‘shma gap hosil qiladi. Ochiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra ayiruvchegaralov, inkor aloqa o‘z aksini topadi, vazifasiga ko‘ra qo‘shma gap hosil bo‘ladi.
Qo‘shma gapni hosil qiluvchi ayiruv, inkor bog‘lovchilari ishtirok etadi. Tobelanish
aloqasi tobelikning yo‘nalish xususiyatiga ikki xil aloqa hosil qiladi: a) koordinativ
2
Батманов И.А. Вильнер А.Н. Ўзбек тили ларслиги. Наҳв.-Т., 1933, 65-бет.
3
Боровков А.К. Краткий очерк грамматики узбекского языка // Узбекско-русский словарь. -М., 1959. –С.714.
4
Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка . –М.,Л. 1960. –С. 406.
5
Асқарова М. Ҳозирги замон ўзбек тилида қўшма гаплар. –Т., 1960, 6-7-бетлар.
6
Абдураҳмонов Ғ.А. Основы синтаксиса сложного предложения современного узбекского литературного языка.
АДД. -Т., 1960. –С.6
7
Баскаков Н.А. Сложные предложения в каракалпакском языке // Исследования по сравнительной грамматики
тюркских языков. Ч.3. –М., 1961. -222.

5.

aloqa; b) subordinativ aloqa. Koordinativ aloqa vazifasiga ko‘ra nominativ va
kommunikativ birlik hosil qiladi. Tuzilishiga ko‘ra qo‘shma gaplar hosil qiladi.
Subordinativ aloqa qo‘shma gaplarni hosil qiladi, bu qo‘shma gaplar tarkibidagi aloqa
sodda gaplar tarkibidagi boshqaruv aloqasini eslatadi.
Mavzuning asosiy maqsadi. Kurs ishning asosiy maqsadi bog’lovchi va uning turlarini
tahlil qilish hamda o`zbek tilshunosligida bog’lovchilar yordamida bog’langan qo’shma
gaplar ahamiyatli o`rnini belgilashdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, ushbu
kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi:
Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar;
Zidlov bog’lovchilaritutgan o`rnini belgilash;
Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap doir ma’lumotlarni o`rganish
va tahlil etish.
Kurs ishining metodologik asosi va metodlari: O‘zbеkiston Rеspublikasi uzluksiz
ta’lim tizimining mazmunini bеlgilab bеruvchi dirеktiv-mе’yoriy hujjatlar, xususan,
O‘zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va O‘rta maxsus xalq
ta’limi vazirliklari tomonidan qabul qilingan qarorlar, mе’yoriy hujjatlar va hokazo.
Kurs ishida qiyoslash, sharhlash, izohlash, qiyosiy va ilmiy bilish metodlardan va turli
xil maqolalardan foydalanildi.
Dialektik falsafaning keng tarqalgan tavsiflash, tahlil etish, umumiylik – xususiylik,
butun – bo`lak kabi usullardan hamda o`zbek tilshunosligida qo`lga kiritilgan nazariy
fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Ishning tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

6.

I BOB. QO’SHMA GAP QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR
1.1. Qoʻshma gaplar sentaksis
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap sodda, ikki va
undan ortiq soda gaplarning grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan
butunlik qo’shma gap deyiladi.
Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va
qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi.
Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar:
teng bog’lovchilar
ergashtiruvchi bog’lovchilar
nisbiy so’zlar
ko’makchili qurilmalar
shart mayli qo’shimchasi
yuklamalar
ohang
Qismlarining qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma
gaplar 3 xil:
bog’langan qo’shma gap
ergashgan qo’shma gap
bog’lovchisiz qo’shma gap
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda shart mayli
qo’shimchasi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita hisoblanadi.
Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash
gaplar bosh gapga –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Bosh gapga shart mayli qo’shimchasi yordamida bog’langan ergash gap bosh gapda
ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish shartini yoki paytini bildiradi.
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar
bosh gapga deb so’zi yordamida bog’lanadi.

7.

Qismlari teng bog’lovchilar, bo’lsa, esa so’zlari, -u, yu, -da yuklamalari yordamida
bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.
Biriktiruvchi bog’lovchilari va, hamda, shu bog’lovchilar vazifasidagi –u, -yu, -da
yuklamalari yordamida bo’g’langan gaplar payt, sabab-natija munosabatini bildirib
keladi.
Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ular
o’rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham bildiradi.
Ayiruv bog`lovlovchilari qo`shma gap qisimlarini bo`g`lash bilan birga voqea
hodisalarning galma –gal ro`y berishini yoki ulardan biri amalga oshishini bildiradi.
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga
shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi ko`makchili qurilmalar yordamida
bog`lanadi.
Ergashtiruvchi bog`lovchili ergashgan qo’shma gaplar bosh gapga sabab-chunki, negaki
maqsad-toki shart-agar, basharti, mabodo qiyoslash-chog’ishtiruv-go’yo, xuddi
bog’lovchilari yordamida bog’lanadi.
Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar bosh gapda ifodalangan
mazmunning sababi, maqsadi, shartini yoki qiyosini bildiradi.
Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar:
ergashtiruvchi bog’lovchilar
ko’makchili qurilmalar
yuklamalar
nisbiy so’zlar
shart mayli shakli
Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shu bog’lovchilar vazifasidagi so’zlar
yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi.
Bo’lsa, esa so’zlari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash,
zodlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuchi bo’lakdan
keyin keladi.

8.

Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan ergash gapli qo’shma gaplar sodda gaplar
bilan ma’nodosh bo’ladi. Bunda ergash gap ko’rsatish olmoshi o’rniga qo’yiladi.
Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanday, qayer kabi so’roq
olmoshlari bosh gap tarkibida shu, o’sha, shuncha, shunday olmoshlarini talab qiladi.
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini
izohlagan ergash gap ega ergash gap deyiladi.
Ega ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar (-kim –o’sha, qayer-o’sha yer kabi) yoki bosh
gap tarkibidagi – ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatsh olmoshining ma’nosini
izohlab keluvchi ergash gap kesim ergash gap deyiladi.
Hol ergash gaplar o’z ichida payt, o’rin, sabab, maqsad, shart, daraja-miqdor ergash
gaplar singari turlarga bo’linadi.
Hol ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti,
holati, miqdor-daraja ma’nolarini bildiradi.
Tarkibidagi sodda gaplar bog’lovchi vositalarsiz faqat ohang yordamida bog’langan
gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi.
Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqea, hodisalarni
ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi.
Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, zidlash, shart munosabatlari ifodalansa, ular
orasiga tire qo’yiladi. (hamal keldi-amal keldi)
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmishining ma’nosini
izohlagan gap aniqlovchi ergash gap deyiladi.
Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini
izohlab kelgan gap to’ldiruvchi ergash gap deyiladi.
Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gap doimo muallif
gapi bilan qo’llanadi. So’zlovchining gapi muallif gapi hisoblanadi.

9.

Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganida uning kesimi to’ldiruvchiga, egasi
qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimidagi dedi so’zi aytdi so’zi
bilan almashadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga
xoslangan ko’rinishi nutq uslubi deyiladi.
O’zbek ttilida quyidagi nutq uslublari mavjud:
so’zlashuv uslubi
publitsistik uslub
ilmiy uslub
rasmiy uslub
badiiy uslub
Ommaviy axborot vositalari uslubi publitsistik uslubdir. Bu uslubning muhim xususiyati
axborot berish va ta’sir qilish bo’lib, soddalikб tushunarlilik va ta’sirchanlik til
me’yoriga amal qilishdir.
Ma’lum bir voqealikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan
tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi uslub badiiy uslub deyiladi.
Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan
sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq bayon qiluvchi uslub ilmiy
uslub deyiladi.
Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashishi jarayonidan qo’llanadigan nutq
uslubi so’zlashuv uslubi deyiladi. Bu uslub adabiy va oddiy so’zlashuv uslublaridan
iborat.8
Sintaksisning o’rganish tariхi qadimgi asrlarga borib taqaladi. Sintaksis ostida gap va
uning qismlari haqida ta’limot tushuniladi. Bu nazariya antik davrning lisoniy
an’analarini ifodalashdan kelib chiqqan. Sintaksis (grek tilidan sintaksis — birlashtirish,
tuzilish) til tizimining bir sathi hisoblanib, so’z shakllaridan iborat bo’ladi. 9 Sintaksis
8
9
https://fayllar.org/qoshma-gap-qismlarini-boglovchi-vositalar.html
Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, 2012. — B.288

10.

masalasi antik davrdan o’rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari
dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo’lagi sifatida ko’riladi.
Ma’lumki,
grammatika
fani ikki qismdan,
ya’ni morfologiya va sintaksis
yo'nalishlaridan iborat. Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o’zbek olimlari har tomonlama
yondoshgan. Jumladan, rus olimi V. V. Vinogradov sintaksis so’zning so’z birikmasi va
gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so’z birikmalarini, ularning
tuzilishini, funktsiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb hisoblaydi.
“Olimning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, uning har bir
o’rganish ob’yekti o’zidan yuqoriroq bo’lgan grammatik birlikning struktur elementi
sifatida funktsiyalashadi: so’z va uning shakllari so’z va gapning, so’z birikmasi turli
yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o’z navbatida, sodda gap qo’shma gapning struktur
elementi sifatida xizmat qiladi”. [3]
Shunday qilib, sintaksisning o’rganish ob’yekti gapligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda,
V.Vinorgadovning nazariyasi va ta’limoti o’rta maktablarning darsligida o’z o’rnini
topgan, ya'ni, maktab o’quvchilarini o’qitishda aynan ushbu olimning fikrlariga
tayaniladi. O’zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida dastlab Fitrat
tomonidan “nahv” atamasi ostida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumiy va S.Dolimov
ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib, ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar.
10
Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o’rganilgan. Til o‘z
kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi
barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi.
Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki
o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni
ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga
tayaniladi. 11
Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish
qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap
ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis
10
Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.418
Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на материале русского языка)//Исследования по
русской грамматике. — М. 1975– С.154.
11

11.

so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin
nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi
bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning
yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq
doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi
grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli:
1) tilning sintaktik qurilishi;
2) grammatikaning tarkibiy qismi.
Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik
qurilish atamasini ishlatamiz.
Gap barcha tillarda grammatikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Gap
turlarinining o'rganilishiga, gap tadqiqi bilan bog’liq muammolar va turli tillarda
gaplarning taqqoslash va qiyoslash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning
uchun turli oila va guruhlarga mansub tillardagi gaplarni va ularning turlarini qiyoslash
va farqlash bugungi kun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gaplar
tishunoslikning turli yo'nalishlarida o’rganilib kelmoqda, jumladan, kontrastiv
tilshunoslik,
areal
tilshunoslik,
qiyosiy
tipologiya,
kognitiv
tilshunoslik,
lingvokulturologiya va pragmatik tilshunoslik. Albatta, tilshunoslikning har bir
yo'nalishida gaplar va ularning muammolarini tahlil qilish yangicha yondashuvlarni va
usullarni talab qiladi. Shuning uchun, gaplarning asosiy til birligi sifatida alohida
o’rganish mavzusi diqqatga sazovordir. O’zbek tili sodda gap sintaksisning
takomillashuvida B.O’rinboyevning “Hozirgi o’zbek tilida vokativ kategoriya”,
N.Mahmudovning “O’zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl assimetriyasi”
monografiyalari ahamiyatli bo’ldi.
O’zbek tili qo’shma gap sintaksisi shakllanishida akademik G.Abdurahmonov va
M.Askarovlarning xizmati kattadir. O’zbek tili qo’shma gaplarning tadqiqiga
bag’ishlangan “Hozirgi zamon o’zbek tilida ergashgan qo’shma gaplarning sostavi”
asari bilan o’zbek tilida qo’shma gaplar alohida tadqiq qilinishni boshladilar. 1955 yilda
F.Kamol “Qo’shma gaplarga doir masalalar” kitobini nashr etdi va unda qo’shma
gaplarning maqomi, ularning tasnifi haqida dastlabki ma’lumot berdi. [7] O’zbek tilida

12.

qo’shma gaplar tadqiqiga bag’ishlangan G.Abdurahmonovning ishini ko’rsatishimiz
lozimdir. Jumladan, olim qo’shma gaplarni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo’lib
chiqadi: aniqlovchi, ega, kesim, payt, o’rin, sabab, shart, maqsad, to’siqsiz, natija,
ravish, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar. O’z navbatida, qiyoslash ergash gapli
qo’shma gaplar uchga bo’linadi: chog’ishtirish, o’xshatish, miqdor-daraja ergash gapli
qo’shma gaplar. G.Abdurahmonov qo’shma gaplarning 15 turini izohlaydi12.
G.Abdurahmonov bog’lovchisiz qo’shma gaplar va komponentlarning biriktiruvchi
bog'lovchilar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar va ularning komponentlarining sabab,
natija, shart kabi mazmun munosabatlari, murakkab qo’shma gaplar va uning turlari
bo’yicha masalalarni atroflicha talqin etdi.
Professor G.Abdurahmonov qo’shma gaplar nazariyasi va ular bilan bog’liq masalalarni
chuqur o’rganib, hattoki, xorij mutaxassislari e’tibor bermagan masalalarga e’tibor
qaratdi. Misol tariqasida, uyushiq kesimli gaplar haqida shunday ta’rif beradi: “Sodda
va qo’shma gaplarni farqlashda qiyinchilik tug’diradigan holat shundan iboratki, ba’zi
bir sintaktik konstruktsiyalarning tarkibida faqat bir ega — sub’yekt bo’lishiga qaramay,
qo’shma gap sanaladi, chunki bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning ham
Grammatik, ham semantik jihatdan o’ziga mustaqil ekanligi ko’rinib turadi; bu xil
konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning har biri ma’lum fikr tugalligini ifodalaydi,
ularning predikativlik va modallik xususiyatlari bo’ladi”. 13
Qo’shma gaplarning o’rganilishi L.Asqarovaning ishlarida qo’shma gaplarning
o’rganilishi davom ettirildi. Olima qo'shma gaplarni bog’langan, ergashgan,
bog’lovchisiz kabi turlarga ajratadi. G.Abdurahmonov tomonidan tavsiya berilgan
qo’shma gaplarning turlarini qiyoslab va chog’ishtirib o’rgandi. Shuningek,
A.Berdaliyev qo’shma gaplar sintaksisi sohasiga tizimli tilshunoslikning o’xshashlik
(paradikmatika), sintaktik ziddiyatlar (oppozitsiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. 14
Lekin A.Berdaliyevning ishida qo’shma gaplarning ajratilish va tasniflash masalalari
qo'yilmagan. Mazkur masala G.Abdurahmonov, M.Asqarova va N.Turniyozovlarning
ishlarida ko’rinadi. A.Nurmonov o’z ishlarida qo’shma gaplarni mazmun jihatdan
12
Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4.
Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4
14
Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma gaplarning substantsional (zotiy) talqini. — Toshkent. “Fan”, 2007.– B.19.
13

13.

o’rganib, gaplarning semantik tizimidagi propozitsiya aspekti, predikativ qurilmalar va
kommunikativ aspekti kabi masalalarga o’z e’tiborini qaratdi. R.Sayfullayeva o’z
tadqiqotlarida qo’shma gaplarni substantsial jihatdan talqin etgan.
Hozirgi kunda qo’shma gaplar nazariyasi keng o’rganilmoqda. Jumladan, professor
G.Hoshimov qo’shma gaplarni hajm jihatdan tadqiq qilish alohida ahamiyatga egaligini
ifodalaydi. Olim qo’shma gaplarni quyidagi turlarga bo’lib chiqadi: politaksema o’z
navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), gipotaksema
(hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), ultrotaksema
(ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga
bo’linadi. 15Qo’shma gaplarning tadqiqi ustida ko’plab olim-u olimalar, professorlar
izlanishlar olib borgan va olib boryapti. Ko’rinib turibdiki, qo’shma gaplarni har
tomonlama tadqiq etish nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi.
15
Ҳошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков.– Т. «Фан», 1991-C.105

14.

1.2. Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar sinonimiyasi.
Harakat-holat, belgi-xususiyat, voqea-hodisalarni bir-biriga zid qo‘yish yo‘li bilan fikr
anglatish lozim bo‘lganda zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gap tiplaridan
foylaniladi. Bunday qo‘shma gaplar narsa-hodisalarni belgi-xususiyati, harakati yoki
holatini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish orqali ularning farqli tomonlarini ochish uchun
xizmat qiladi. Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplarning har qanday ko‘rinishi
antiteza usuli yordamida reallashadi, qo‘shma gap qismlari o‘rtasida konkret aloqa
o‘rnatiladi. O‘zbek tilida zidlik mazmunini qo‘shma gapning quyidagi tiplari orqali
reallashtirish imkoniyati mavjud;
I. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar yordamida:
O‘qish-jafoli, oxiri vafoli (Maqol). Rollarning katta-kichigi bo‘lmaydi, artistlarning
katta-kichigi bo‘ladi (Shuhrat).
Yuqoridagi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlaridan anglashilgan mazmun birbiriga qarama-qarshi qo‘yilgan. Komponentlar orasiga zidlovich bog‘lovchilar qo‘yilsa,
ular bog‘langan qo‘shma gapga aylanadi. Shuning uchun ham, yuqoridagi tipdagi
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplarga sinonim hisoblanadi;
Dehqonning uyi kuysa – kuysin, xo‘kizi yo‘qolmasin. Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
lekin xo‘kizi yo‘qolmasin (A.Qaxxor).
II. Zidlik mazmuni bog‘langan qo‘shma gaplarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu holat
qo‘shma gap komponentlarini biriktiruvchi vositalar xususiyati bilan bog‘liq; zidlovchi
bog‘lovchilar
komponentlar
orasidagi
qarama-qarshilikni
yanada
kuchaytirib
ko‘rsatishga xizmat qiladi;
Dunyoda yaxshi kitoblar juda ko‘p, lekin ularni o‘qib biladigan kishilar uchungina
yaxshidir (Gersen).
III. Ergash gapli qo‘shma gaplar yordamida zidlik mazmunini yuzaga chiqarish
mumkin. Bunday mazmunni ifodalash uchun qo‘llanadigan qo‘shma gaplarning ergash
gapi asosan, shart yoki to‘siqsiz ergash gap formasida shakllanadi, uning mazmuni bosh
gap mazmuniga zid, teskari qo‘yiladi;
Qayta desa iziga – Belgi ham yo‘q, iz ham yo‘q. (A.Oripov)

15.

Shunchalik o‘zimizdan tinib – tinchib ketganimizga qaramaslan, men bu chaqaloq
to‘g‘risida anchagina gap – so‘z bo‘lib oldim (G‘.G‘ulom)
Bu tipdagi ergash gapli qo‘shma gaplar mazmunan zidlik munosabatini yuzaga
chiqaruvchi bog‘langan yoki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi;
Ergash gapli qo‘shma gap;
Mezbonlar shuncha harakat qilishsa ham, sira gap qovushmadi. (O‘.Usmonov)
Bu qo‘shma gapning sinonimlari;
a) Bog‘langan qo‘shma gap
Mezbonlar shuncha harakat qilishdi, lekin sira gap qovushmadi.
b) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap;
Mezbonlar shuncha harakat qilishdi - sira gap qovushmadi.
Bunday hollarda, albatta, intonatsiya rol o‘ynaydi.
Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplardan asosan, quyidagi semantik-stilistik
ottenkalarni yuzaga chiqarish maqsadida foydalaniladi.
I. Zidlik – qarama – qarshilik ottenkasi:
Mashina xo‘b yaxshi narsa, ammo uning ham o‘ziga yarasha nag‘malari bor (S.Ahmad).
II. Zidlik – to‘siqsizlik ottenkasi:
Mana o‘tsa hamki necha ming zamon, ko‘kda oy tanhodir, ko‘kda oy yolg‘iz
(A.Oripov).
Qo‘shma gaplarda zidlik mazmunini bo‘rtirib ko‘rsatuvchi eng asosiy vosita, bu “ammo,
lekin, biroq” zidlik bog‘lovichlaridir:
Tarixda har kimning bor o‘z zamoni,
Lekin tanimizda kezar – ku beshak,
Olis bobolarning ming yillik qoni (A.Oripov)

16.

Zidlovchi bog‘lovchilar ko‘pincha, to‘siqsizlik ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat
qiladi:
I. Hali tong yorishmagan, lekin tevarak atrofda g‘ovur, hayqiriq, kulgi. (A.Qaxxor).
II. Ufqdagi tog‘larning usti g‘ira-shira oqargan, lekin osmonda bulutlar orasida hamon
milt-milt yongan yulduzlar ko‘rinadi (O.Yoqubov)
III. Rais astoydil baqirdi, ammo shovqin bosilmadi. (Oybek).
Yuqoridagi sintaktik konstruksiyalar tipi jihatidan bog‘langan qo‘shma gaplar
hisoblanib, mazmunan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi. Ularni
ergash gapli qo‘shma gaplarga aylantirish uchun, komponentlarni biriktiruvchi
vositalarni o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Ikkinchi komponent o‘zgarishsiz qoladi, birinchi
komponent tarkibiga ergashtiruvchi bog‘lovchilar kiritaladi.
1. Hali tong yorishmagan bo‘lsa ham, tevarak atrofda g‘ovur, hayqiriq, kulgu.
2. Ufqdagi tog‘larning usti g‘ira-shira oqargan bo‘lsada, osmonda, - bulutlar orasida
hamon milt-milt yongan yulduzlar ko‘rinadi.
3. Rais astoydil baqirishiga qaramay, shovqin bosilmadi.
Ko‘rinadiki, zidlik – to‘siqlik ottenkasini berishning eng qulay vositasi qo‘shma gap
komponentlarini biriktiruvchi -sa ham, -sa -da, -ga qaramay bog‘lovchilari hisoblanadi.
Shu bog‘lovchilar yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda zidlik mazmuni bir muncha
ifodaliroq, ta’sirliroq seziladi. Nutqda ba’zan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar
tarkibida zidlovchi bog‘lovchilarning ham qo‘llanishi bunday konstruksiyalarning
sinonimik qatoriga ega bo‘lishi hamda, bog‘lovchilarning ma’no jihatidan bir-biriga
yaqinligi bilan bog‘liqdir:
Mirzakarimboyning bunday muomalasi Yo‘lchiga tahqirli bo‘lsa ham, ammo
kutilmagan bir hodisa emas edi (Oybek).
Ma’nosi bir-biriga yaqin ikki bog‘lovchining bir qo‘shma gapda qo‘lanishi
komponentlar orasida mazmuniy munosabatni yanada bo‘rtiradi.
Zidlik – to‘siqsizlik ottenkasi faqat bog‘lovchilar yordamida yuzaga chiqmay, balki
ayrim yuklamalar orqali ifodalinishi ham mumkin:

17.

Dildorning gavdasi o‘girildi-yu, yuzi, ko‘zlari hamon A’zamjon ketgan tomonda edi.
(S.Ahmad)
Bu qo‘shma gap komponentlari o‘rtasida zidlovchi bog‘lovchilar ham qo‘lanishi
mumkin:
Dildorning gavdasi o‘girildi, lekin yuzi, ko‘zlari hamon A’zamjon ketgan tomonda edi.
(S.Ahmad)
Yuqoridagi qo‘shma gaplar anglatgan mazmun ottenkalari jihatidan juda yaqin bo‘lsa, da ma’lum bir nutq stiliga xosligi bilan o‘zaro farqlanadi: komponentlari yuklama
yordamida birikkan qo‘shma gap ko‘rinishi asosan, so‘zlashuv nutqi stilida, zidlovchi
bog‘lovchi ishtirok etgan qo‘shma gap turi esa, asosan, kitobiy nutq uslubida qo‘laniladi.
Demak, o‘zbek tilida zidlik mazmunini ifoda etuvchi qo‘shma gaplarning uchchala tipi
o‘zaro sinonimik qator hosil qiladi:
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap va uning sinonimlari:
Do‘st bo‘lish oson, uni saqlash qiyin (P. Mo‘min)
Bu qo‘shma gapning komponent orasida zidlovchi bog‘lovchilar qo‘llansa, ular
bog‘langan qo‘shma gapga aylanadi:
Do‘st bo‘lish oson, lekin uni saqlash kiyin
Bu tipdagi qo‘shma gaplar to‘siqsiz ergash gapni qo‘shma gaplarga ham sinonim
bo‘ladi:
Do‘st bo‘lish oson bo‘lsa-da uni saqlash qiyin.
Bog‘langan qo‘shma gap va uning sinonimlari:
Ot minish ayol kishining xunari emas , lekin siz otga ancha yarashtingiz!(A. Qaxxor)
Yuqoridagi bog‘langan qo‘shma gap mazmunan tosiqsiz ergash gapli qo‘shma gapga
sinonim hisoblanadi:
Ot minish ayol kishining xunari bo‘lmasa ham , lekin siz otga ancha yarashtingiz!

18.

Zidlik mazmunini ifodalovchi bog‘langan qo‘ma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga
sinonim ravishda qo‘llanishi mumkin:
Bu binoning harorati bor-u, halovati yo‘q . (Oybek)
Bu binoning harorati bor - halovati yo‘q.
Ergash gapli qo‘shma gap va uning sinonimlari:
Karvonboshi
Yodgorbek
hisoblansa
xam,
yukning
og‘iri
senlarga
tushadi.
(O.Yoqubov).
Yuqoridagi to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar mazmunan zidlik munosabatini yuza
chiqaruvchi bog‘langan qo‘shma gaplarga teng keladi:
Karvonboshi Yodgorbek hisoblanadi, biroq yukning og‘iri senlarga tushadi.
Zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar qo‘llanishi jihatidan ma’lum bir nutq
uslubi bilan chegaralanmaydi. Bunday qo‘shma gaplardan mavjud nutq stillarida juda
unumli foydalaniladi, chunki ularda zidlik mazmunini ifodalashning qulay va ta’sirli
imkoniyatlari bor.
Qiyoslash mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar sinonimiyasi. Qiyoslash mazmunini
ifodalash uchun xizmat qilanigan qo‘shmi gaplar ikki qismga ajralib, ulardan
anglashilgan xarakat-xolat yoki belgi-xususiyat bir-biriga qiyos etiladi, solishtiriladi.
Shu yo‘l bilan ularning farqi ko‘rsatiladi. Xar ikki qiyos etilayotgan komponsntlar
orasida sezilarli pauza beriladi, bundan fikrning yana davomi borligi anglashilib turadi.
Bunday konstruksiyalar zidlik mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar singari antiteza
usuli yordanida hosil qilinadi. Qiyoslash mazmunini ifodalovchi ko‘shma gaplarda
komponentlar tarkibida qiyos etilayotgan bo‘laklar logik urg‘u oladi. 16
16
https://azkurs.org/zidlik-mazmunini-ifodalovchi-qoshma-gaplar-sinonimiyasi.html

19.

II BOB. ZIDLOV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN
QO’SHMA GAPLAR.
2.1 Zidlov bog'lovchili haqida tushuncha.
Zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular
o‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma
gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma gap qismlari vergul bilan
ajratiladi.
-u(-yu), -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular
o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
1. Bunday qo’shma gap qismlari o’zaro quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:
a) ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog’lovchilari bilan bog’lanadi
-Insonni tabiat vujudga keltiradi, ammo jamiyat uni kamol toptiradi
b) Zidlov bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari yordamida bog’lanadi
-Gap ko’p-u, ko’mir oz
2. Bunday qo’shma gaplar orasida quyidagicha ma’no munosabati bo’ladi:
a) zidlik manosi b) -u, -yu, -da yuklamalari zidlash, ketma-ketlik munosabati borligini
bildiradi.
Bazan zidlikni kuchaytirish uchun 2 ta zidlov bog’lovchisi yoki zidlov bog’lovchisi,
zidlov bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari bilan birga qo’llanishi mumkin
-Mahalla hali obod bo’lganich yo’g’-u, lekin odam ruhi bor. Bu yerda mano kuchaygan
3. Bunday qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi:
a) Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning 2- qismi boshida keladi bulardan oldin vergul
qo’yiladi.
b) Zidlov bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari esa qo’shma gap 1qismining oxirida keladi va ulardan keyin vergul qo’yiladi.

20.

2.2 Bog’langan qo’shma gaplar.
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Zidlov bog‘lovchili qo‘shma gap
qismlari o‘z semantikasiga mos grammatik shaklni talab qiladi. Shu sababli bunday
qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog‘lovchilari, bu
bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanuvchi -u(-yu) yuklamasi ishlatiladi. Ular mazmunan zid
bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi.
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisaning yoki harakatning
bir-biriga zidligi, shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga
kelmaganligi ifodalanadi. Masalan: Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum
bo‘lgani rost, lekin bundan bolaning xabari yo‘q-ku! (О‘.U.) -u (-yu) yuklamalari zidlov
bog‘lovchilari o‘rnida qo‘llanib, zid munosabatdagi bog‘langan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lashga xizmat qiladi. Ba’zi hollarda bu bog‘lovchilar bilan birikkan qo‘shma
gaplarda u(-yu) yuklamasi zidlikni kuchaytirish uchun qo‘llanadi. Masalan: Ishim
nihoyatda ko‘p-u, kelmaslikka ilojim yo‘q. (So‘zl.)
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ba’zan zidlik bilan birga to‘siqsizlik
munosabati ham shakllanadi. Qiyoslang: Men u bilan gaplashmadim, lekin uning
ko‘zlari ba’zi-ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi. 17(I.R.)
Teng bog‘lovchilar orqali birikkan biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan,
teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan shaklan mustaqil mazmunan o‘zaro
bog‘langan gaplardan shakllangan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap sanaladi.
Bunday qo‘shma gap qismlarining bir-biriga bog‘liqligi ularning tuzilishida,
kesimlarining semantik va grammatik munosabatda, umumiy gap bo‘laklarining
mavjudligida ham ko‘rinadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap, qancha
gaplardan tashkil topmasin, yaxlit yagona bir qurilmani tashkil qiladi. Bog‘langan
qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov
munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar va bog‘lovchi vazifasida keluvchi –da,
-u (-yu) yuklamalari orqali birikadi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda birinchi gap, odatda,
erkin holda tuzilgan bo‘ladi, keyingi gap esa bog‘langan qo‘shma gap komponentlari
orasidagi munosabatga bog‘liq holda shakllanadi. Shuning uchun ham bog‘langan
17
http://www.fayllar.org/mavzu-boglangan-qoshma-gaplar-reja.html?page=3

21.

qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar
mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni
biriktirish uchun teng bog‘lovchilar qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe
bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, qanday, shunday) qo‘llanadi. 2. Bog‘langan
qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma’lum shaxs, zamon
ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda
bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li orqali
ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi. 3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash
intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh
intonatsiyasi bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi
mazmun munosabatlari ifodalanadi: 1. Qiyolash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati.
3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati. Har
qanday grammatik shakl, shu jumladan bog‘langan qo‘shma gaplarning grammatik
shakli ikki xil ma’noga – umumiy va xususiy grammatik ma’noga ega. Biriktiruvchi
bog‘lovchilar umumiylik vazifasini, ergashtiruvchi bog‘lovchilar xususiylik vazifasini
bajaradi. Biriktiruvchi, ayiruvchi bog‘lovchilari orqali shakllangan bog‘langan qo‘shma
gaplarda ochiq strukturali qo‘shma gaplardir. Zidlov bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari,
faqat bog‘lovchisi, -u(-yu) yuklamalari yordamida shakllangan bog‘langan qo‘shma
gaplar yopiq strukturali qo‘shma gaplardir. Ba’zan bog‘langan qo‘shma gaplarda –b (ib) ravishdosh va –sa shart fe’li shakli grammatik shakl sifatida ishtirok etadi. Bunday
qo‘shma gaplarning ham strukturasi yopiq struktura hisoblanadi. Qiyoslash
munosabatini ifodalagan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning intonatsiyasi bir
xil bo‘lmaydi. Bunda qo‘shma gapning birinchi qismi ko‘tarilgan intonatsiya bilan,
ikkinchi qismi esa pasaygan intonatsiya bilan talaffuz etiladi; har ikki qism o‘rtasida
ancha sezilarli pauza bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi qiyoslanayotgan bo‘laklarga
kuchli mantiqiy urg‘u tushadi. Bu urg‘u bo‘lsa, esa fe’llari yordamida tuzilgan qo‘shma
gaplarda kuchli bo‘ladi: Otabek dahshatlanib yonidigagi Aliga qaradi, Ali esa labini
tishlab turar edi. (A.Q.)
Qiyoslash mazmun munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar zidlash,
qiyoslash, izohlash kabi turli ma’no ottenkalarini ro‘yobga chiqaradi. Qo‘shma gap
qismlarining umumiy mazmun yoki gaplar tarkibidagi ayrim bo‘laklar biror tomondan

22.

bir-biriga zid qo‘yiladi. Zidlash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gap qimlari asosan
ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari orqali birikadi. Kiyoslash orqali voqea, hodisa,
predmet va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ochiladi.
Qiyoslash mazmuni asosan bo‘lsa, esa fe’lari, yuklamalar, zidlov bog‘lovchilari
vositasida ifodalanadi. Bu xil qo‘shma gap qismlarining tuzilishida ma’lum parallelizm
bo‘ladi. Qiyoslanayotgan bo‘laklarning xususiyatlaridagi farqlar ochiladi. Bog‘langan
qo‘shma gap izohlash munosabatini ifodalaydi. Bunda qismlarning tarkibidagi ayrim
bo‘laklarning ma’nosi birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin.
Izohlovchi gap ikkinchi o‘rinda kelib, birinchi gapning har bir bo‘lagi izohlanishi
mumkin. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y
bergan voqea, hodisa, harakatlarni biriktirib keladi va bu bilan uyushiq bo‘laklarni
eslatadi. Bunday qo‘shma gaplarning qismlari biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda;
bo‘lsa, esa yordamchilari; yuklamalar yordami bilan bog‘lanadi. Biriktiruv
munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning qismlari ko‘pincha mazmunan o‘zaro jips
bog‘lanadi, birining mazmuni ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi, turli mazmun ottenkalari,
emotsional ma’nolar ifodalanadi. Biriktiruv munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda
qanday qo‘shimacha mazmun ottenkasi ifodalanmasin, qo‘shma gap qismlaridan
anglashilgan harakat, holat, xususiyat ma’lum bir paytda ro‘y beradi. Bog‘langan
qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga
bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari
mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi. 18
Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat
qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa
ayiruv munosabati deyiladi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jimjim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi.
1.Qismlari teng bog’lovchilar yoki teng bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida
birikgan qo’shma gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.
18
Sayfullayeva.R, Mengliyev B, va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili-T: Fan va texnologiya,2009,395-397 bet

23.

2.Bog’langan qo’shma gap qismlari o’zaro quyidagi vositalar bilan bog’lanadi: -teng
bog’lovchilar -teng bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar -teng bog’lovchi vazifasidagi
bo’lsa, esa so’zlari yordamida 3. Bog’langan qo’shma gapga xos xususiyatlar: a)
qismlari yani tarkibidagi sodda gaplar o’zaro teng aloqada bo’ladi b) ular orasida tobe
hokimlik bo’lmaydi c) bosh gap, ergash gap atamalari ishlatilmaydi d) tarkibidagi sodda
gaplar biri ikkinchisini aniqlab, izohlab kelmaydi e) bir gapdan boshqasiga savol
berilmaydi 4.Bog’langan qo’shma gaplarning qolipi quyidagicha bo’ladi: Teng
bog’lovchi 5.Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra
bog’langan qo’shma gaplar o’z ichida 4 guruhga bo’linadi.
a) Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
b) Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
c) Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan b qo’shma gap
d) bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan b qo’shma gap 19
19
Nurmanova D.A. “Hozirgi o’zbek tili” ma’ruza matni -Andijon,2017

24.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, gapdagi zidlov bog`lovchilari bog`langan qo`shma gap
qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham
ifodalaydi. Zidlov bog`lovchilari qo`shma gapning ikkinchi qismi boshida qo`llanadi va
qo`shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
Kesimlaming birdan ortiqligidan tashqari,har bir qo'shma gapda ifodalanayotgan birdan
ortiq fikr,axborotning o'zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqozo etuvchilik
hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalaming qo'shma gapligini
ta' minlaydi.Kommunikativ nugtayi nazardan sodda gap bir fikmi,axborotni uzatish
vazifasini bajarsa, qo'shma gapda birdan ortiq o'z ifodasini topgan bo'ladi.
Shuningdek,bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo'shma gapda qaysidir
darajada bo'rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayog’ jo'nadim gaplarida
ifodalangan fikrlar bir-biriga o'zaro bog’liq bo'lib, gaplaring biri ikkinchisini tagozo
etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi,
Demak, qo'shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun
mo'ljallangan nisbiy mustagil soda gapning grammatik, semantik, intonatsion va
kommunikativ jihatdan yaxlitlangan butunligidir.
Qo'shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil
ajralib turadi. Avvalo, bu – grammatik va intonatsion nomustaqillik. Bahor keldi,
shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga ergash gapli qo'shma gap tusini
bergan jihat mazmuniy va grammatik tagozo etish va birdan ortiq axborot mavjudligi.
Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab magomida. Shuning
uchun bog'lovchisi qo'shma gap a'zolarini Grammatik jihatdan zich munosabatga
kiritgan. Demak, ma'lum bo'ladiki, go'shma gap tarkibidagi sodda gapning o’zaro
zichlashuvi mazmun,grammatik shakl va intonatsiya nuqtayi nazaridan boladi.

25.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва
адабиёти масалалари. — 1980. № 4.
2. Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва
адабиёти масалалари. — 1980. № 4
3. Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на
материале русского языка)//Исследования по русской грамматике. — М.
1975– С.154.
4. Ҳошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных
языков.– Т. «Фан», 1991-C.105
5. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, 2012. — B.288
6. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. —
B.418
7. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. —
B.422
8. Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma gaplarning substantsional (zotiy)
talqini. — Toshkent. “Fan”, 2007.– B.19.
Internet manbalari
1. Google.com
2. Yandex.ru
3. Ziyouz.com
4. Wikipedia.org
5. Uz.wikipedia.org
6. https://fayllar.org/qoshma-gap-qismlarini-boglovchi-vositalar.html
7. https://azkurs.org/zidlik-mazmunini-ifodalovchi-qoshma-gaplarsinonimiyasi.html
8. http://www.fayllar.org/mavzu-boglangan-qoshma-gaplar-reja.html?page=3
English     Русский Правила