3.84M
Категория: МедицинаМедицина

Osteologiyaga kirish. Suyak tuzilishi

1.

ODAM ANATOMIYASI

2.

MAVZU
OSTEOLOGIYAGA KIRISH. SUYAK
TUZILISHI

3.

REJA:
▪ Tayanch-harakat sistemasi haqida umumiy tushuncha
▪ Terminologiya
▪ Tog’ay va suyak qism
▪ Suyaklarning tuzilishi va vazifalari
▪ Osteogenez
▪ Suyaklanish jarayoni

4.

TAYANCH-HARAKAT SISTEMASI
Tayanch-harakat sistemasi – tanani muvozanatda saqlash, harakatni ta’minlash va ichki organlarni himoya
qilish funksiyasini bajaradi
Suyaklar-bo’g’imlar-mushaklar-teri
birgalikda “tana”ni ya’ni “soma”ni tashkil
etadi. Bu hosilalar ko’krak, chanoq
bo’shliqlarini
hosil
qiladi
va
bu
bo’shliqlarda ichki a’zolar joylashadi
Bu sistemani o’rganishda mavzuning
boshlang’ich qismidagi tegishli terminlar
shakllantiriladi. Bu terminlar orqali siz
anatomiya
bo’yicha
terminologik
lug’atingizni shakllantira olasiz.

5.

Terminlar












Axiale – o’q
Appendiculare – qo’shimcha
Cingulum – kamar, belbog’
Columna – pog’ona
Skeletos – quritilgan
Liberum – erkin
Mio – mushak
Articulatio – bo’g’im
Cartilago – tog’ay
Os, ossis [ossea] – suyak [suyaklar]
Ekto-, meso-, endo-, - tashqi, o’rta, ichki
Longus, brevis – uzun, kalta












Peri – atrofi
Apophysis – o’simta
Diaphysis – oraliqda o’sish
Metaphis – epifiz va diafizning o’rtasi
Epiphysis – o’sib ketmoq
Lamina – plastinka, qavat
Substantia –modda
Medulla – ilik
Rubra,flava – qizil, sariq
Spongiosa – g’ovak, ko’mik
Cavitas – bo’shliq
Periosteum – suyak usti parda
1 2 3 -> 3 2 1
Sceleton appendiculare – qo’shimcha skelet

6.

TAYANCH-HARAKAT SISTEMASI
Suyak to’qimasi
Tarkib
Tog’ay to’qimasi
Systema
sceletae
Sceleton axiale
Qism
Sceleton
appendiculare
synarthrosis
Tayanchharakat
sistemasi
sindesmologiya
Diarthrosis
m.Longus
Systema
muscularis
m.Brevis
m.Plana

7.

Systema sceletae – skelet sistemasi
Systema
sceletae
Qism
Tarkib
Pars
cartilaginosa
Pars ossea
Skeleton
axiale
Skeleton
appendiculare

8.

Tog’ay qism
Tog’ay – qon-tomir va nerv bilan ta’minlanmagan,
hujayralararo moddada tolalar tutuvchi biriktiruvchi to’qima
turi hisoblanadi.
Matritsadagi tolalar miqdoriga qarab tog’ay to’qimasining
turlari farqlanadi.
Ko’p yuk tushadigan va kuchli qisqarish talab etadigan
joylarda kollagen miqdori yuqori va va cho’zilish nisbatan kam
bo’lsa, bosim u qadar ko’p tushmaydigan sohalarda elastik
tolalar va biroz miqdorda kollagen tolalar mavjud.
Tog’ay to’qimasi vazifalari:
✓ Yumshoq to’qimalar ishiga yordamlashish
✓ Bo’g’imlarda silliq va sirpanish yuzasini ta’minlash
✓ Uzun suyaklar o’sishi va rivojlanishida ishtirok
etadi.

9.

Tog’ay qism
Gialin tog’ay – juda keng tarqalgan. Matritsada o’rtacha miqdorda kollagen tolalar tutadi.
Masalan: suyaklarning bo’g’im yuzalari
Elastik tog’ay – matriksda kollagen tolalar bilan birga ko’p miqdorda elastik tolalar tutadi.
Masalan: tashqi quloqda
Tolali tog’ay – matriksda amorf modda va kollagen tolalari mavjud. masalan: umurtqalararo
diskda

10.

Suyak qism
Organizmdagi skelet sistemasini turli xil tuzilishdagi, bir nechta
funksiyalarni bajaruvchi 200 dan ortiq suyaklar tashkil etadi. Suyakning
ichki tuzilishi 2 moddadan: substantia compacta (suyak usti parda va
plastinkadan iborat) va substantia spongiosa (bo’shliq {cavum} va ilik
{medulla} dan tashkil topgan) iborat.
Suyak usti parda [periosteum] – yupqa, Pushti rangli biriktiruvchi
to’qimadan iborat. Periost suyaklarning alohida teshikchalaridan o’tib
boradigan tolalari vositasida, suyaklarga mustahkam birikadi.
Suyakning bo’g’im yuzalari, paylar va boylamlar yopishadigan joyida
periost bo’lmaydi. Suyak usti parda tashqi (fibroz) va ichki (osteogen)
qavatlaridan iborat.

11.

Suyak qism
Tashqi fibroz qavat – kollagen tola va fibroblastlardan tuzilgan. Bu qavatdan suyak matriksiga kollagen
tolalar botib kiradi va suyakusti pardasini yopishtiradi
Ichki osteogen qavat – jarohat va sinishlardan so’ng suyakni qayta tiklanishida va rivojlanishi, qayta
qurilishida muhim rol o’ynovchi suyak hosil qiluvchi kambial hujayralar – osteoblastlar joylashgan.

12.

Suyak qism
Endost – suyakning barcha ichki qismini qoplaydi va bir qavat zichlashgan osteopregenitor va oz miqdorda
biriktiruvchi to’qimadan iborat. Suyak usti parda va endostning asosiy vazifasi suyakning eniga o’sishi va
regeneratsiyasini ta’minlashdir.
Suyak – ixtisoslashgan biriktiruvchi to’qima bo’lib, tarkibida hujayralararo modda – suyak matriksi va uch turdagi
hujayralar tutadi:
▪ Osteositlar (osteon – suyak, cytos – hujayra) – tanasi matriks ichidagi kichik bo’shliqlarda joylashgan
▪ Osteoblastlar (osteon – suyak, blastos – kurtak) – suyak matriksining organic komponentini sintezlaydi.
▪ Osteoklastlar (osteon – suyak, klastos – sindirish) – suyak to’qimasi rezorbsiyasi va qayta qurishda ishtirok
etadi.

13.

Suyak qism

14.

Suyakning tuziishi
Suyaklarning sirtida:
Processus-o’siq
Crista-qirra
Fovea-chuqurcha
Fossa-chuqurcha
Sulcus-egat
Tuber(tuberculum)-do’mboq (do’mboqcha)

15.

Qismlarni o’zimiz nomlashni o’rganamiz!
Siz processus deb, suyakning biror qismidan chiqqan o’siqni nomlashingiz mumkin. Daraxtdan chiqqan
shoxchalar yoki umuman olganda yaxshi sezilgan yakka o’siqlarni ko’z oldingizga keltirishingiz mumkin.
Quyida ba’zi misollar keltirilgan.

16.

Qismlarni o’zimiz nomlashni o’rganamiz!
Crista bu suyakda joylashgan o’tkir g’adir-budurlik. Daraxtning po’stlog’idagi g’adir-budur bo’lgan po’kakni ko’z oldingizga
keltirishingiz mumkin. Shunda crista dendritis bo’lishi mumkin ☺ Shuni unutmangki, crista bir chiziqda davom etgan
bo’ladi. Agar betartib tarzda bitta chiziqda yotmagan g’adir-budurlik bo’lsa, u tuberostitas deb nomlanadi.

17.

18.

Qismlarni o’zimiz nomlashni o’rganamiz!
Sulcus bu egat. Asosan nervlar, qon-tomirlar, muskul paylari birikib iz qoldirishidan hosil bo’ladi. Xuddi suv oqib
o’tayotgan yo’lakcha paydo bo’lgandek ya’ni ariqcha oqib o’tadigan yo’lakcha. Ingliz tilida bu groove deb ataladi.

19.

Qismlarni o’zimiz nomlashni o’rganamiz!
Fossa ham fovea ham chuqurcha hisoblanadi. Fossa kattaroq chuqurcha, fovea esa kichikroq chuqurcha
hisoblanadi.

20.

Qismlarni o’zimiz nomlashni o’rganamiz!
Tuber – do’mboq, tuberculum – do’mboqcha bo’lib, bular ham suyak tanasidan bo’rtib chiqqan hosilalardir.

21.

Skelet suyaklarining vazifalari
Skelet sistemasi suyaklardan tashkil topgan bo’lib, organizmda quyidagi funksiyalarni
bajaradi:
Tayanch vazifasi. Odam gavdasi va mushaklarining tayanchi bo’lib xizmat qiladi.
Harakat vazifasi. Suyaklarning o’zaro qo’shilishidan richaglar hosil bo’ladi va
bo’g’imlar mushaklar vositasida harakat qiladi.
Himoya vazifasi. Suyaklar o’zaro qo’shilib, bo’shliqlarni hosil qiladi. Bo’shliqlarda
ichki a’zolar joylashadi.
Biologik funksiya. Minerallar almashinuvi [Ca, P, Fe] va deposi hisoblanadi.
Qon ishlab chiqarish funksiyasi. Qonning shaklli elementlari suyakning qizil ilik
sohasida yetiladi.
Immunologik vazifasi. B limfositlar orqali gumoral immunitetga ko’maklashadi.

22.

Suyaklar turlari
Biz suyaklarni asosiy 4 ta guruhga
ajratamiz:
1. Yassi suyaklar – kallaning yassi
suyaklari va yassi kamar suyaklari kiradi
2. Naysimon suyaklar – uzun naysimon
suyaklar (biepifizar) va kalta naysimon
suyaklar (metaepifizar) suyaklar
3. G’ovak suyaklar – uzun g’ovak suyaklar,
kalta g’ovak suyaklar va sesamasimon
suyaklar kiradi
4. Aralash suyaklar – kalla suyaklari asosi,
umurtqa va o’mrov suyagi

23.

Suyaklar turlari
Naysimon suyaklar tayanch, himoya va harakat vazifasini bajaradi.
Biepifizar suyaklar ikkita endoxondral suyaklanadigan epifiz
qismlarga ega. Yelka, bilak, tirsak, son, katta bolder, kichik bolder
kabi suyaklar 2 tomonlama o’sadi.
Mono epifizar suyaklar – endoxondral suyaklanish bitta epifizda sodir
bo’ladi. Kaft va barmoq suyaklar 1 tomonlama o’sadi.

24.

Suyaklar turlari
G’ovak (g’alvirsimon) suyaklarning ahamiyati:
➢ Havo saqlovchi bo’shliqlari bor
➢ Kalla suyaklarini yengillashtiradi
➢ Ovoz hosil qilishda ishtirok etadi
➢ Ovozni kuchaytirib beradi – resonator
➢ Bosh sohasida yuzaga kelgan patologik
jarayonlar natijasida hosil bo’lgan yiringlar shu
bo’shliqlarda saqlanib turiladi. Agar bo’shliqlar
bo’lmasa, masalan Gaymor bo’shlig’I (sinus
maxillaris) da yallig’lanish jarayonida yiring
yig’ilganda, yiring bosh miya pardasiga o’tib
meningit paydo qilishi mumkin edi. Bu holat
inson hayotiga xavf soladi. Sinus mastoideus da
chakka
sohasidagi
yallig’lanishda
yiring
to’planadi. Agar yiring tarqalib ketganda ichki
quloq yoki vestibulyar apparatga zarar
yetkazishi mumkin edi. Shu sabab g’alvirsimon
suyaklar ahamiyatli hisoblanadi.

25.

Osteogenez
bo’ladi. Ontogenezda suyaklar 3 xil holatOdam embrionida
suyak
to’qimasi
mezenximasidan
vujudga
kelgan
biriktiruvchi to’qima hujayralari (osteoblastlar) dan paydo ni
o’taydi.
▪ Biriktiruvchi to’qima holati
▪ Tog’ay holati
▪ Suyaklanish holati
Birlamchi suyaklar – tog’ay holatni o’tamasdan, biriktiruvchi
to’qima holatidan suyak holatiga o’tadi. Masalan, o’mrov
suyagining bir qismi, kalla gumbazini tashkil etuvchi
suyaklar, yuz suyaklari
Ikkilamchi suyaklar – taraqqiyotda uch holatni (biriktiruvchi
to’qima, tog’ay va suyaklanish) o’taydi.

26.

Suyaklanish jarayonining turlari
Endesmal suyaklanish ( “en” – ichida
“desma” – boylam) – birlamchi suyaklarda,
biriktiruvchi
to’qima
ichida
boradi.
Biriktiruvchi
to’qimali
suyak
ichida
osteoblast
hujayralari
suyaklanish
nuqtalarini hosil qiladi. Bu suyaklanish
nuqtasida suyaklar nursimon shaklda
suyaklarning chetiga qarab suyaklanib
boradi.
Suyaklarning
tashqi
yuzasi
suyakusti pardasiga aylanadi.

27.

Suyaklanish jarayonining turlari
Perixondral suyaklanish (“peri”-atrofi, “chondros”-tog’ay) – tog’ay moddasidan iborat bo’lgan
suyaklarda osteoblastlardan suyaklanish nuqtalari hosil bo’lib, tog’ay moddasi suyaklarga aylanadi.
Suyaklarning qalinlashuvi suyakusti pardasi (periosteum) hisobiga davom etadi. Suyakusti parda
hisobiga suyaklarning hosil bo’lish jarayoni periostal suyaklanish deyiladi.

28.

Suyaklanish jarayonining turlari
Endoxondral suyaklanish (“endo” – ichidan, “chondros” – tog’ay) – suyaklarning tog’ayli
shakli ichida boshlanadi. Tog’aylar ichida suyaklanish nuqtasi hosil bo’ladi. Bir paytning
o’zida tog’ay moddalar so’rilib, suyaklarga almashinadi. Tog’aylar ichida suyaklanish
natijasida suyaklarning g’ovak qismi hosil bo’ladi.

29.

30.

31.

32.

33.

AJRATGAN VAQTINGIZGA ROZI
BO’LING! XATO VA
KAMCHILIKLAR UCHUN UZR!
English     Русский Правила