Похожие презентации:
8-sinf. Geografiya. O‘zbekistonda rekreatsiya va turizm
1. O‘zbekistonda rekreatsiya va turizm
2.
• Xizmat ko‘rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so‘nggi yillardakeng rivojlanmoqda. Rekreatsiya xizmati mehnat qilish jarayonida
sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi.
• Rekreatsiya xizmatini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar:
• - kundalik ehtiyojlaridan orttirgan mablag‘;
• - rekreatsiya resurslari;
• - rekreatsiya xo‘jaligi bo‘lishi.
3.
• Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya’ni tabiiy rekreatsiya hamdamadaniy- tarixiy rekreatsiyaga bo‘linadi. Tabiiy rekreatsiya
resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklari zaminida vujudga kelgan
sharsharalar, g‘orlar, buloqlar, so‘lim tog‘ yonbag‘irlari kiradi. Tabiiy
muhiti keskin o‘zgargan, tig‘iz infrastruktura sharoitida aholining
tabiat qo‘ynida, maxsus dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga
ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga chiqqan yoz oylarida tekisliklarda
yashovchi aholi tog‘ maskanlariga oshiqadi. Tog‘larimiz mo‘tadil
havosi, g‘aroyib o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda shifobaxsh
buloqlari bilan tabiiy-rekratsion rayon sifatida xorijliklarni ham
maftun etmoqda.
4.
5.
6.
• Tog‘larning tabiati shifobaxsh va maftunkor joylaridadavolash va dam olish maskanlari mavjud. Toshkent
viloyatidagi «Chimyon», Farg‘ona vodiysidagi
«Shohimardon», «Chodak», «Nanay», «Quvasoy»,
«Bog‘i shamol», «Chortoq» dam olish zonalari va
Buxoro viloyatidagi «Sitorai Mohi Xosa», Qashqadaryo
viloyatidagi «Miroqi» kabi davolash maskanlari xorijda
ham mashhur.O‘z navbatida qadimgi shaharlar,
maqbaralar, qal’alar, me’morchilik binolari, muzeylar
mamlakatimiz madaniy merosini tashkil etmoqda.
7.
8.
• Fusunkorligi hamda salobati bilan millionlab kishilarni lolqoldirayotgan tarixiy obidalarimiz xorijiy turistlarni yurtimiz sari
chorlamoqda. Ana shunday tarixiy-madaniy obyektlar zaminida vujudga
kelgan rayonlar, asosan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz,
Toshkent, Qo‘qon kabi shaharlarda joylashgan. Afsus, ajdodlarimiz
bunyod etgan 36 ming tarixiy obidadan 7 mingtasigina saqlangan.
Qolganlari mustamlakachilar tomonidan turli yo‘llar bilan vayron
etilgan. Endilikda ular katta mablag‘ va mehnat sarflab bo‘lsada,
ta’mirlanmoqda.
9.
10.
• Zero, sayyohlik (turizm) dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgansohalaridan biriga aylandi. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa
ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbayi bo‘lib bormoqda.
11.
• BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015-yildadunyo bo‘yicha 1,184 mlrd sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016-yil
yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1,235 mlrd ga, ya'ni 3,9 foizga
oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati
2015-yilda qariyb 1,5 trillion AQSH dollarini tashkil qilgan. 20162017-yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin.
• Shu bois, dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani yanada
rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari
darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha
chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
12.
13.
• 2015-yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya(83,7 million), AQSH (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy
(55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikni egalladi.
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish
mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi
(BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar
tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.
• Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash,
sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani
kuchaytirish darajasi yetarli emas edi.
14.
15.
• Endilikda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishborasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirishga kirishildi.
• Jumladan, turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan
tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish hamda yer
oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga
javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, shu
orqali raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini
arzonlashtirishga kirishildi.
16.
• Yana bir muhim yo‘nalish - turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xorijiytillarni hamda tarix va geografiyani puxta biladigan mutaxassislarni
tayyorlash tizimini takomillashtirishdir. Gidlar, mehmonxona xodimlari,
turistik xizmatlar ko‘rsatishning yanada mukammal standartlarini
o‘rnatish shular jumlasidandir. Samarqandda ochilgan «Ipak yo‘li»
Xalqaro Turizm universiteti faoliyati ham shu maqsadlar uchun xizmat
qilmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda xorijiy oliy ta’lim muassasalari
bilan hamkorlikdagi qo‘shma fakultetlar, xorijiy OTMlar filiallari ham
soha mutaxassislarini tayyorlashda yordam bermoqda. Hozir bu borada,
ayniqsa, Rossiya, Koreya, Turkiya Turizm akademiyasi, Yevropa
oliygohlari bilan faol ish olib borilyapti. Natijada mamlakatimiz bo‘ylab
sayohat qiluvchilarning soni yildan yilga oshib bormoqda.
17.
• Umuman olganda endilikda turizm sohasiga milliy iqtisodiyotgayuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri sifatida
qaralmoqda. Zero, mamlakatimizdagi tarixiy obidalarning qariyb 200
tasi madaniy meros obyektlari sifatida YuNESKO ro‘yxatiga
kiritilgan.
• Rekreatsiya xo‘jaligi tarkibiga mehmonxonalar, dam olish uylari va
bazalari, sanatoriyalar, turbazalar, turistik transport va boshqalar
kiradi.
18. Topshiriqlar
•1. Mavzuni o`qish•2. Yozuvsiz xaritadan
Reakreatsiya mavzusini bo`yab
kelish
•3. savol-javob