Chora-tadbirlar rejasi
3.95M
Категория: ПедагогикаПедагогика

Maktabda o‘qituvchilarning huquq va majburiyatlari o‘rtasida muvozanat o‘rnatish

1.

-
ABDULLA AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGIK
MAHORAT MILLIY INSTITUTI
Menejerlik o‘quv kursi tinglovchisi
Nizamov Mohirjon
Kamalovichning
Maktabda o‘qituvchilarning huquq va
majburiyatlari o‘rtasida muvozanat o‘rnatish
MAVZUSIDAGI AMALIY TOPSHIRIQ TAQDIMOTI
Toshkent-2026 yil
A.AVLONIY NOMIDAGI
PEDAGOGIK MAHORAT
MILLIY INSTITUTI

2.

Mavzuning
dolzarbligi:
-
.
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning huquqiy maqomi va faoliyati
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun hamda
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
O‘qituvchi huquqlari va majburiyatlari o‘rtasidagi muvozanat bu nafaqat
qonun ustuvorligi, balki ta’lim sifatini oshirishning asosiy omilidir.
Qonunlar pedagogning darsdan tashqari ishlarga jalb etilishini qat’iyan
taqiqlaydi. Bu o‘qituvchiga bor e’tiborini o‘zining asosiy majburiyati sifatli ta’lim berishga qaratish imkonini beradi.

3.

MAQSAD:
O‘qituvchilarning huquq va
majburiyatlari o‘rtasida barqaror
va adolatli muvozanat yaratish
orqali ularning kasbiy
motivatsiyasini oshirish, ta’lim
sifatini yaxshilash va maktabdagi
ijtimoiy muhid barqarorligini
ta’minlash

4.

Mavzuga oid normativ-huquqiy xujjatlar
30.04.2023
2023-yil 30-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Konstitutsiya har bir
fuqaroning, shu jumladan, o‘qituvchilarning ham huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.
30.04.2023
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan Mehnat kodeksi. Ushbu kodeks
o‘qituvchilarning mehnat huquqlari va majburiyatlarini tartibga soladi.
23.09.2020
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-637-sonli “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuni. Ushbu qonun ta’lim sohasidagi umumiy qoidalarni belgilaydi va
o‘qituvchilarni huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.
01.02.2024
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan
O‘RQ-901-sonli qonuni. Mazkur qonun o‘qituvchilarning huquqlari, majburiyatlari va ularning
jamiyatdagi o‘rnini aniq belgilaydi.
19.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi
18-sonli buyrug‘i “ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari”

5.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
J.Oripov, “Mamlakatimizda o‘qituvchi-pedagoglar huquqiy
maqomini mustahkamlashning huquqiy asoslari”
(2023) Huquqiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha amaliy
takliflar.
M.X. Toxtaxodjayeva va boshqalar, “Pedagogika”
O‘qituvchining faoliyatidagi pedagogik qadriyatlar va
majburiyatlar tahlili.
X. Ibragimov, Sh. Abdullayeva, “Pedagogika nazariyasi”
Ta'lim jarayonida subyektlar (o‘qituvchi va o‘quvchi)
o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy va axloqiy tomonlari.
Goleman, D. “Emotional Intelligence in Education”.
(O‘qituvchining hissiy chidamliligi va etnik majburiyatlari
haqida).

6.

VAZIFALAR
-
Rahbarlar va o‘qituvchilar o‘rtasida doimiy ochiq muloqotni tashkil etish,
muammolarni tezkor aniqlash va yechish, takliflarni inobatga olish.
Maktabning ichki nizomida o‘qituvchining huquqlari va majburiyatlari
(masalan, tashqi muhit tomonidan bo‘ladigan asossiz bosimdan
himoyalanish) aniq belgilanishini ta’minlash.
O‘qituvchining ilmiy faoliyat imkoniyatlarini yaratish, yaxshi natijalar
uchun rag‘batlantirish va e’tirof tizimini joriy etish.

7.

Mavzu yuzasidan xorijiy davlatlar tajribalari
Singapur Kasbiy rivojlanish ustuvorligi
Singapur tajribasi o‘qituvchilarning huquq va majburiyatlarini qat’iy KPI (samaradorlik
ko‘rsatkichlari) orqali boshqaradi.
Huquqi. Har bir o‘qituvchiga yiliga 100 soatlik bepul malaka oshirish huquqi beriladi va barcha
xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.
Majburiyati. O‘qituvchilar doimiy ravishda o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha hisobot berib
borishadi.
Muvozanat. O‘qituvchi o‘z ustida ishlashga majbur, lekin davlat bu rivojlanish uchun barcha
sharoit va resurslarni yaratib berishga majbur.
Yaponiya Jamoaviy mas’uliyat
Yaponiyada o‘qituvchi - jamiyatning eng hurmatli a’zosi, biroq uning majburiyatlari og‘ir.
Huquqi. Davlat o‘qituvchilarni yuqori ish haqi va kafolatlangan ijtimoiy paket bilan ta’minlaydi.
O‘qituvchi shaxsiga nisbatan har qanday hurmatsizlik ijtimoiy jinoyat darajasida ko‘riladi.
Majburiyati. O‘qituvchilar nafaqat dars beradi, balki o‘quvchilar bilan birga ovqatlanadi,
maktabni tozalaydi va darsdan keyin klublarni boshqaradi.
Muvozanati. “Dars berish - bu hayot tarzi” tamoyili amal qiladi. Yuqori ijtimoiy status og‘ir
mehnat yuklamasini kompensatsiya qiladi.
Finlandiya To‘liq ishonch va avtonomiya
Finlandiya ta’lim tizimining asosi - ishonch. Bu yerda o‘qituvchi va davlat o‘rtasidagi
muvozanat o‘ta yuqori darajada.
Huquqi. O‘quv dasturini shakllantirish Davlat tomonidan belgilanadi, lekin uni qanday yetkazish
usuli o‘qtuvchiga erkinlik berilgan.
Majburiyati. Faqat magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘qituvchi bo‘la oladi. Ularning
majburiyati - har bir bola uchun individual yondashuvni ta’minlash.
Muvozanat. Davlat o‘qituvchiga ishongani uchun unga cheksiz erkinlik beradi, o‘qituvchi esa
bu ishonchni o‘zining yuksak professionalizmi bilan oqlashga majbur.

8.

Mavzu qiyosiy tahlil qilinganda
T/r
1
2
3
Amaldagi holat (O‘zbekistonda)
Amaldagi holat (Xorijda)
Takliflar
Barcha hodimlar uchun KPI
rag‘batlantirish tizimi joriy qilingan.
Kasbiy rivojlanish kuni va Kasbiy rivojlanish
soatlarida mentorlik faoliyati uchun ustama
to‘lanadi, asosiy ish kunlari hisoblanadi. Bu tizim
o‘qituvchilarning bepul malaka oshirish
imkoniyati va majburiyati o‘rtasidagi
muvozanatni ta’minlaydi.
Singapur Kasbiy rivojlanish ustuvorligi
Singapur tajribasi o‘qituvchilarning huquq va majburiyatlarini qat’iy KPI
(samaradorlik ko‘rsatkichlari) orqali boshqaradi.
Huquqi . Har bir o‘qituvchiga yiliga 100 soatlik bepul malaka oshirish
huquqi beriladi va barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.
Majburiyati . O‘qituvchilar doimiy ravishda o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha
hisobot berib borishadi.
Muvozanat . O‘qituvchi o‘z ustida ishlashga majbur, lekin davlat bu rivojlanish
uchun barcha sharoit va resurslarni yaratib berishga majbur.
Xalqaro TALIS tajribasi bo‘yicha ishni
tashkil etish, har chorakda o‘qituvchilar
o‘rtasida anonim so‘rovnomalar (ish sharoiti
va ruhiy muhit haqida) o‘tkazib, tahlil qilish
hamda aniqlangan muammolarni
maktabning strategik rejasiga kiritish.
So‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar
o‘qituvchining obro‘sini himoya qilish “Davlat
siyosati” darajasiga ko‘tarildi. O‘qituvchini
maktab tozalashga yoki boshqa jismoniy ishlarga
jalb qilish “majburiy mehnat” sifatida qonun bilan
taqiqlangan.
Ta’lim muassasalarida huquqiy va professional
mustaqillik tizimi joriy etilgan, ya’ni o‘qituvchi
dars uslubini va karyerasini mustaqil belgilovchi
erkin professional sifatida ko‘rilmoqda.
O‘quvchilarning bilimni xolisona baholash
erkinligiga ega.
Yaponiya Jamoaviy mas’uliyat
Yaponiyada o‘qituvchi - jamiyatning eng hurmatli a’zosi, biroq uning
majburiyatlari og‘ir.
Huquqi . Davlat o‘qituvchilarni yuqori ish haqi va kafolatlangan ijtimoiy paket
bilan ta’minlaydi. O‘qituvchi shaxsiga nisbatan har qanday hurmatsizlik ijtimoiy
jinoyat darajasida ko‘riladi.
Majburiyati. O‘qituvchilar nafaqat dars beradi, balki o‘quvchilar bilan birga
ovqatlanadi, maktabni tozalaydi va darsdan keyin klublarni boshqaradi.
Muvozanati . “Dars berish - bu hayot tarzi” tamoyili amal qiladi. Yuqori
ijtimoiy status og‘ir mehnat yuklamasini kompensatsiya qiladi.
Finlandiya To‘liq ishonch va avtonomiya
Finlandiya ta’lim tizimining asosi - ishonch. Bu yerda o‘qituvchi va davlat
o‘rtasidagi muvozanat o‘ta yuqori darajada.
Huquqi . O‘quv dasturini shakllantirish Davlat tomonidan belgilanadi, lekin uni
qanday yetkazish usuli o‘qtuvchiga erkinlik berilgan.
Majburiyati. Faqat magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘qituvchi bo‘la
oladi. Ularning majburiyati - har bir bola uchun individual yondashuvni
ta’minlash.
Muvozanat .Davlat o‘qituvchiga ishongani uchun unga cheksiz erkinlik beradi,
o‘qituvchi esa bu ishonchni o‘zining yuksak professionalizmi bilan oqlashga
majbur.
Bandlikka ko‘maklashish hamda hududiy
yuridik markazlar bilan hamkorlikda
muntazam maslahatlashib, huquqiy
savodxonlikni oshirish, shuningdek, "soft
skills" (yumshoq) va "hard skills" (qattiq)
ko‘nikmalarini shakllantirish.
O‘qituvchi portfoliolarini shakillantirish
O‘qituvchining professional o‘sishi u
yaratgan o‘quv resurslari, shogirdlarining
yutuqlari va hamkasblari tomonidan berilgan
“professional e’tirof” ballari orqali
shakllanadigan tizimni yo‘lga qo‘yish.

9.

XULOSA
-
Agar maktabni bir kemaga o‘xshatadigan
bo‘lsak, huquqlar - bu kemaning yelkanlari
(uni harakatga keltiruvchi kuch), majburiyatlar esa
kemaning ruli (uni to‘g‘ri yo‘nalishda ushlab
turuvchi vosita) hisoblanadi. Faqatgina ushbu ikki
unsur muvozanatda bo‘lganda, ta’lim tizimi
ko‘zlangan manzilga yetib boradi. Bu shunchaki
ma’muriy masala emas, balki milliy ta’limning
barqaror kelajagini belgilovchi strategik vazifadir.
Qayerda o‘qituvchining qadri baland bo‘lsa, o‘sha
yerda ilm va taraqqiyot bo‘ladi.

10.

-
Takliflar
1
Har chorak yakunida Google Forms orqali qisqa so‘rovnoma o‘tkazish ish yuklamasi,
ma’muriyat bilan muloqot, o‘zaro hamkorlik va ruhiy bosim haqida.
2
Yuridik va karyera markazlari bilan hamkorlikda huquqiy savodxonlik, mahorat
darslari hamda seminar-treninglarni raqamli platformalar va interaktiv botlar orqali
qaror va qonunlarni mazmun mohiyatini anglab yetishga erishish.
3
O‘qituvchi mahoratini resurslar, shogirdlar yutug‘i va hamkasblar e’tirofi asosida
baholovchi shaffof monitoring tizimini joriy etish orqali professional o‘sishni
rag‘batlantirish.

11. Chora-tadbirlar rejasi

T/r
1
2
3
Muammo
Amalga oshirish mexanizmi
Ma’sullar
Muddat
Natija
Rahbar va o‘qituvchi
o‘rtasidagi ochiq
muloqot madaniyati
shakllanmaganligi natijasida
muvozanatni buzulishi asosiy
muammodir.
1. Ochiq muloqot va o‘zaro ishonch orqali
ierarxik to‘siqlarni to‘liq bartaraf etish.
2. Anonim platformalar yordamida
muammoni aniqlash va birgalikda
yechim topish.
3. Rahbar va hodim o‘rtasida doimiy fikr
almashish madaniyatini shakllantirish.
Maktab direktori,
O‘IBDO‘
MMIBDO‘ kasaba
uyushma raisi
2025-2026
o‘quv
yilining
may oyida
Professional
erkinlik va shaffof
muloqot ta’lim
sifatini oshiradi.
2026-2027
o‘quv
yilining
birinchi
choragida
Pedagoglar
faoliyatida
muvozanat
o‘rnatiladi, erkinlik
va javobgarlik teng
bo‘ladi.
Maktablarda o‘qituvchilarni
majburiyati va huquqlarini
to‘liq tushunmasligi
oqibatida kelib chiqadigan
muammolar
1. Hamkor tashkilotlar bilan huquqiy
savodxonlik soatlarini tashkil etish.
2. O‘qituvchilar uchun huquqiy himoya va
murojaat qilish botini yaratish.
O‘qtuvchilarning ilmiy
faoliyat bilan shug‘ullanishda
sharoitning yetarli
bo‘lmasligi majburiyatini
bajarishi uchun to‘siq
bo‘lmoqda.
1. OTMlar bilan hamkorlikda mentorlik va
amaliy tadqiqotlar tizimini yo‘lga qo‘yish
va takomillashtirish.
2. Ilmiy maqola yozgan o‘qituvchilarni
maktabning budjetdan tashqari topgan
mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish.
Maktab direktori,
O‘IBDO‘
MMIBDO‘ kasaba
uyushmasi raisi,
IT mutaxasisi
Maktab direktori,
O‘IBDO‘ psiholog
va kuzatuv
kengashi a’zolari.
2026-2027
o‘quv yili
davomida
O‘qituvchilarning
o‘z ustida ishlashi
natijasida ta’limga
yangi innovatsion
g‘oyalar kirib keladi
va ta’lim sifati
oshadi.

12.

-
E’TIBORINGIZ
UCHUN
TASHAKKUR
English     Русский Правила