145.04K
Категория: МедицинаМедицина

Pnevmoniya simptomotologiyasi, tekshirish usullari

1.

Pnevmoniya
simptomotologiyasi,
tekshirish usullari.
202-OXI
PAZILOVA IRODA

2.

Zotiljamlar (pneumoniae) bir-biridan etiologiyasi,
patogenezi, morfologik xususiyatlari bilan
farqlanuvchi o'pkanining yallig'lanishli kasalliklar
guruhidir. Kasallikning yuzaga kelishi va
rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi,
jismoniy va ruhiy oʻta toliqishi, organizmning ichki
zaharlanishi — intoksikatsiya hamda
organizmning kasallikka qarshi kurashish
qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab
boʻladi

3.

Etiologik omildan
kelib chiqib
zotiljamni quyidagi
turlari farqlanadi:
Pnevmokokkli
Stafilakokkli
Frindler va
mikoplazmali

4.

Pnevmokokkli zotiljam bo'lakli (krupoz)
va o'choqli shaklda kechadi.
Krupoz zotiljamga shamollash
reaksiyasining giperergik turi xos
bo'lib, u kasallikning o'tkirligi va
siklliligi, o'pkaning bo'lagi va
segmenti zararlanishi jarayonga
albatta plevra qo'shilishi, tomirlar
o'tkazuvchanligining keskin
buzilishi va ekssudatda yuqori
darajada fibrin bo'lishi bilan
namoyon bo'ladi.
O'choqli zotiljamda ko'pincha
yallig'lanish jarayoni bronxlarning
shilliq qavatidan o'pka
to'qimasiga o'tishi qayd etiladi va
yallig'lanish o'chog'i odatda, bir
yoki bir necha bo'lakcha bilan
chegaralanadi. O'choqli
zotiljamning bu xususiyati uning
bo'lakchali, lobulyar, kataral
zotiljam, bronxopnevmoniya kabi
sinonimlarida aks etgan.

5.

Stafilokokkli zotiljam odatda o'tkazilgan virusli
infeksiyadan so'ng infeksiyalanishning bronxogen
shaklida paydo bo'ladi. Klinik nuqtai nazardan og'ir
kechib, intoksikatsiya belgilari («malina jelesi» ga o'xshash
kam miqdordagi balg'am, keskin umumiy holsizlik,
ba’zan es-hushning buzilishi) yaqqol namoyon bo'ladi
Frindler zotiljami klebsiyella tomonidan chaqirilib juda
ham kuchsizlangan bemorlarda paydo bo'ladi.
Kasallikda uzoq davom etuvchi prodromal davr va unga
xos bo'lgan isitmalash, bo'g'iq yo'tal va umumiy holsizlik
sekin-astalik bilan rivojlanadi.

6.

Zotiljamni klinikasi quyida keltirilgan
sindromlar majmuidan iborat:
1. yallig'lanishning o‘tkir fazasi sindromi (sovqotish, yuqori tana harorati,
yuzni qizarib turishi, balg‘amda qo‘zg‘atuvchi aniqlanishi, eritrotsitlar
cho‘kish tezligining ortishi, chapga siljigan leykotsitoz);
2. intoksikatsiya sindromi (umumiy holsizlik, bosh og‘riqlari, ishtahaning
pasayishi);
3. o‘pka to‘qimasining o'choqli zichlashuvi sindromi:
• o‘pka tuzilmalari shishi hisobiga hansirash;
• plevra yemirilishi tufayli nafas olishda ko'krak qafasida sanchuvchi
og'riq;
• yo'tal - dastlab quruq, reflektor, so'ngra ekssudatni qisman
suyuqlashishi tufayli balg'amli, bo'lakli pnevmokokkli zotiljamda unga
eritrotsitlar aralashgani tufayli «zang» tusiga kiradi;

7.

• ko'krak qafasining
zararlangan qismini nafas
olish jarayonida orqada
qolishi;
• ovoz tebranishining
kuchayishi;
• perkutor tovushni
bo'g'iqlashuvi;
• zararlangan soha ustida
bronxial nafas;
• bronxofoniyaning
kuchayishi;
• rentgen yordamida
tekshirishda butun bo'lak,
segmenti gomogen yoki
gomogen bo'lmagan
qorayishi.

8.

Asosiy tekshirishlar
• Umumklinik ma’lumotlami yig'ish (shikoyatlar, anamnez, fizikal
tekshirish);
• Qonning umumiy tahlili;
• Umumiy oqsil, oqsil fraksiyalari va yallig'lanishning o'tkir fazalari
ko'rsatkichlarini aniqlagan holda qonning biokimyoviy tahlili ;
•. Balg'amning umumiy tahlili;
• Gram bo'yicha bo'yalgan balg'am surtmalari mikroskopiyasi;
• Bakteriologik tekshirish (balg'amni ekish);
• Axlatni gelmentlar tuxumga tekshirish
• EKG;
• Ko‘krak qafasi rentgenoskopiyasi va rentgenografiyasi;

9.

Krupoz zotiljamda nafas olganda ko'krak qafasining
zararlangan qismini orqada qolishi, ovoz titrashining
kuchayishi va tegishli bo'lak yoki segment ustida bo'g'iqtimpanik perkutor tovush aniqlanadi. Auskultatsiyada
yallig'langan soha ustida kuchsiz vezikulyar nafas ,
boshlang‘ich krepitatsiya, shuningdek plevra ishqalanish
shovqini eshitiladi.
Kasallikning zo‘raygan bosqichida o‘pka to'qimasi
zichlashishi va alveolalarda havo yo‘qolgani tufayli
zararlangan soha ustida to‘mtoq ovoz qayd etiladi,
paypaslaganda ovoz titrashinjng keskin kuchayishi,
auskultatsiyada krepitatsiyaning yo‘qolishi, bronxial nafas,
bronxofoniyaning kuchayishi eshitiladi va plevra
ishqalanish shovqini saqlanadi

10.

Davolash
Bemorlarga yotoq tartibi tayinlanadi, isitmalash davrida,
yurak yetishmovchiligi bo'lmaganda - ko'p suv ichish,
zarurat tug'ilsa - kislorod ingalyatsiyasi buyuriladi. Tashhis
qo'yilgandan so'ng darhol antibakterial davo
boshlanadi. Zotiljamni yengil va o'rtacha og'irlikda
kechishida penitsillin guruhidagi dori vositalarini qo'llash
maqul. Ulami buyurish imkoni bo'lmaganda
makrolidlardan foydalaniladi. Og'ir kechuvchi
zotiljamlarda aminoglikozidlar, yarimsintetik penitsillinlar,
sefalosporinlar, xinolinkarbon kislotasi hosilalari
qo'llaniladi. Balg'am ekmasi natijalari va
mikroorganizmlaming antibakterial dori vositalariga
sezgirligidan kelib chiqib antibiotiklar tanlanadi.

11.

Zotiljamning eng ko'p uchraydigan
asoratlari:
• plevrit (seroz-fibrinoz yoki yiringli);
• o'pka to'qimasidagi yiringli jarayonlar;,
• o'tkir nafas yetishmovchiligi;
• septik asoratlar (infeksiyali-toksik shok, perikardit,
miokardit, endokardit, jigar, buyrak, siydik chiqarish yo'llari,
bo'g'imlar, so'lak bezlarining toksik zararlanishlari)
Zotiljamlar profilaktikasi umumiy va shaxsiy sanitar-gigienik
holatlarga (chang bilan kurashish) e’tibomi qaratish,
organizmni chiniqtirish, sovuqda qolishni oldini olish, chekishni
tashlash, surunkali infeksiya o'choqlarini bartaraf etishni o'z
ichiga oladi
English     Русский Правила