Похожие презентации:
1 lecture
1. Maxsus (Ingliz tili) fanlarni o‘qitish metodikasiga kirish.
2. Plan
•Ingliz tili o‘qitish metodikasining fan sifatidagi o‘rni.•Ingliz tili o‘qitish metodikasining asosiy tushunchalari.
•Ingliz tili o‘qitish maqsadlari, vazifalari va prinsiplari.
•Ingliz tili o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va metodlari.
•O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamkorligi.
3.
Ingliz tili o‘qitish metodikasining fan sifatidagi o‘rni“Ingliz tili o‘qitish metodikasi” — bu chet tilini o‘qitish jarayonini
o‘rganadigan, samarali ta’lim berish usullarini ishlab chiqadigan pedagogik
fan sohasidir.
U umumiy pedagogika, psixologiya, lingvistika, didaktika, kommunikativ
lingvistika kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq.
Metodika — bu “nima uchun, nimani, kimga, qanday va nima orqali
o‘qitish kerak?” degan savollarga javob beruvchi fan.
4. Asosiy metodik tushunchalar
•Metodika – o‘qitish nazariyasi va amaliyotinibirlashtiruvchi tizim.
•Metod – ta’lim maqsadiga erishish yo‘li.
•Prinsip – o‘qitishning umumiy yo‘nalishini belgilovchi
qoida.
•Vosita – darsda foydalaniladigan texnika va materiallar
(kitob, audio, video, interaktiv platforma).
•Metodik tizim – maqsad, mazmun, metod, vosita va
nazoratdan iborat yagona o‘quv jarayoni.
5. Ingliz tili o‘qitish maqsadlari va vazifalari
Maqsad: Talabalarda chet tilida muloqot qila olish kompetensiyasinishakllantirish.
Asosiy vazifalar:
Tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Lingvistik, ijtimoiy-madaniy va strategik kompetensiyalarni
shakllantirish.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyatga yo‘naltirish.
6. Ingliz tili o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari
•Kommunikativ yondashuv (Communicative Approach) –asosiy e’tibor muloqotga qaratiladi.
•Task-based learning – topshiriqlar asosida o‘qitish.
•CLIL (Content and Language Integrated Learning) – fan va tilni
birgalikda o‘qitish.
•Interactive methods – juftlikda, guruhda ishlash, rol o‘ynash,
muhokama qilish.
7. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
Professor-o‘qituvchi:darsni rejalashtiradi, materialni tanlaydi;
Talabalarga motivatsiya beradi va nazorat qiladi;
interaktiv usullarni qo‘llaydi.
Talaba:
faol ishtirokchi, hamkorlikda o‘rganuvchi;
o‘z fikrini erkin ifodalaydi;
mustaqil topshiriqlarni bajaradi.
8. Darsda qo‘llaniladigan texnikalar
•Brainstorming (fikr almashish)•Role-play (rol o‘ynash)
•Case-study (vaziyat tahlili)
•Pair and group work (juftlik va guruhli ish)
•Problem-solving (muammo yechish)
9. Xulosa
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi – bu bo‘lajak ingliztili o‘qituvchisi uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri. U
o‘qituvchiga darsni samarali tashkil etish, zamonaviy
metodlardan foydalanish va talabalarni kommunikativ
kompetensiyaga yo‘naltirish imkonini beradi.