Похожие презентации:
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish
1.
O‘zbekiston RespublikasiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti
13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi
KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA XORIJIY TILNI KASBGA
YO‘NALTIRIB O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Ilmiy rahbar:
pedagogika fanlar doktori, professor
Muslimov Narzulla Alixanovich
Tadqiqotchi:
Xolxodjayeva Dilfuza Shoakrom qizi
2.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati“
Bugungi
kunda
biz
yoshlarimizni
zamonaviy
va
kreativ
fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olishga qodir bo‘lgan, g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak,
vatanparvar, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha
oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalashimiz zarur.
”
Butun dunyoda globallashuv sharoitida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini
kasbiy yo‘nalishda egallashi xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashish, xorijiy texnologiyalar va innovatsion ishlab
chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy shart bo‘lib qolmoqda. YUNESKO va OECD kabi xalqaro tashkilotlar
kasbiy ta’lim tizimida ESP (English for Specific Purposes) va CLIL (Content and Language Integrated Learning)
metodikalarini joriy etishni ta’lim strategiyalarining ustuvor yo‘nalishi sifatida tavsiya etmoqda. Biroq jahon amaliyotida
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitishda yagona metodik yondashuv
shakllanmagan, sohaviy terminologiyani o‘quv jarayoniga integratsiyalash darajasi yetarli emas hamda kasbiy
kompetensiyalarni til o‘rganish jarayoni bilan uyg‘unlashtirish masalasi hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammo sifatida
qolmoqda.
3.
DOLZARB VA ZARURIYATINI BELGILAB BERUVCHIME’YORIY-HUQUQIY ASOSLAR
5812son
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentning 2019-yil 6sentabrdagi “Professional talim
tizimini yanada takomillashtirishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 5812-sonli Farmoni
60son
158son
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28yanvardagi “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonnning Taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi
60-sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024-yil 16oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda
malakali kadrlar tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish va xalqaro
ta’lim dasturlarini joriy qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF158-sonli Farmon
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar
ijrosini ta’minlashda ushbu tadqiqot ishi natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.
316son
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 23oktabrdagi “Kasbiy ta’lim
tizimida islohotlarni amalga
oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 316-sonli
Qarori
4.
MUAMMONING O’RGANILGANLIK DARAJASIRespublika olimlari
Mamlakatimizda kasbiy ta’limning rivojlanishi, muammo va tendensiyalari bo’yicha R.X.Djurayev,
N.A.Muslimov,
Z.K.Ismailova,
Q.T.Olimov,
S.Yu.Ashurova,
M.B.Urazova,
J.A.Xamidov,
O.X.To‘raqulov, D.O.Ximmataliyev, H.Sh.Kadirov, R.K.Choriyev, Z.Sh.To‘xtayeva, N.N.Karimova,
M.M.Xolmuxamedov, Kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy til vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash
masalalari bo‘yicha A.B.Rahimov, N.V.Ro‘zmetova, .M.Rashidova, K.J.Risqulova, Y.T.Umarova,
L.T.Ahmedova va boshqa olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan.
MDH olimlari
T.Astafurova,
N.Bagramova,
I.Bim,
A.Zimina,
L.Cherepanova,
R.A.Faxrutdinova,
G.A.Kitaygorodskaya, I.L.Perestoronina va N.Merkish va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib
borilgan.
Xorijiy olimlar
H.Basturkmen, L.F.Bachman, D.M.Brinton, A.Hughes, A.D.Cohen, J.W.Oller va M.Celce-Murcia kabi
olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan.
5.
TADQIQOT MAQSADI, OBYEKTI VA PREDMETITADQIQOT
MAQSADI
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarga xorijiy tilni kasbga
yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
TADQIQOT
OBYEKTI
TADQIQOT
PREDMETI
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning til bilish
kompetensiyalarini shakllantirishda ingliz tilini kasbiy
maqsadlarga muvofiq o‘qitish jarayoni.
kasbiy
ta’lim
tashkilotlari
o‘quvchilarining
til
kompetensiyalarni rivojlantirishning mazmuni, shakl, metod
va vositalari tashkil etadi.
6.
Tadqiqotning vazifasi, ilmiy yangiligi va amaliy natijasiTadqiqotning vazifasi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitishning nazariy-pedagogik asoslarini ochib berish hamda
o‘quvchilarning xorijiy til bilish kompetensiyasining tarkibiy
komponentlarini aniqlash;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining xorijiy til bilish
kompetensiyasining
tarkibiy
komponentlari
(lingvistik,
kommunikativ, diskursiv, lingvokulturologik, strategik) ularning
kasbiy kompetensiyalar bilan funksional bog‘liqligini hamda
kognitiv darajalar bo‘yicha dekompozitsiyasini ta’minlovchi ESP
(maxsus maqsadlar uchun ingliz tili) va CLIL (fan va tilni
integratsiyalashgan holda o‘qitish) yondashuvlarini qo‘llash
asosida aniqlashtirilgan;
Amaliy natijasi
avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish
hamda ta’mirlash sohasida tahsil olayotgan
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash
maqsadida, mazkur yo‘nalishga moslashtirilgan
“Xorijiy til” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab
chiqilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 462/5-07
raqamli guvohnomasi);
7.
Tadqiqotning vazifasi, ilmiy yangiligi va amaliy natijasiTadqiqotning vazifasi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitishning metodik rivojlantirish modelini takomillashtirish;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitishning metodik rivojlantirish modeli maqsadli, nazariymetodologik, mazmunli-texnologik va natijaviy-baholovchi
bloklarning o‘zaro funksional bog‘liqligi va kasbiy
kompetensiyalarni uzviy integratsiyalashga imkon beruvchi
tarkibiy-mazmuniy
yo‘nalishlarni
aniqlash
orqali
takomillashtirilgan;
Amaliy natijasi
kasbiy terminologiyani o‘zlashtirishni
rag‘batlantirish va o‘quv jarayonini samarali tashkil
etish maqsadida, avtomobil yo‘nalishida tahsil
oluvchi o‘quvchilar uchun maxsus lug‘at elektron
mobil ilovasi to‘plami yaratilgan va amaliyotga
joriy etilgan (DGU 35788-sonli);
8.
Tadqiqotning vazifasi, ilmiy yangiligi va amaliy natijasiTadqiqotning vazifasi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish
metodikasini interaktiv va raqamli ta’lim texnologiyalari
integratsiyasi asosida takomillashtirish;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitish metodikasi o‘quvchilarda kasbiy-kommunikativ
kompetentlikni bosqichma-bosqich shakllantiruvchi hamda
an’anaviy ta’limdan faoliyatga yo‘naltirilgan interaktivraqamli ta’lim muhitiga izchil o‘tishni ta’minlovchi
SCAMPER, Boomerang, Edutainment va SMART ta’lim
texnologiyalarini
maqsadli
integratsiyalash
asosida
takomillashtirilgan;
Amaliy natijasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limni
rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 18martdagi 02/01-01-182-son ma’lumotnomasi
o‘quv jarayonini interaktiv va amaliy yo‘naltirish
maqsadida, avtomobil yo‘nalishida tahsil oluvchi
talabalar uchun AutoBasePro nomli maxsus
elektron mobil ilova yaratilib, amaliyotga joriy
etilgan (DGU 49673-sonli);
9.
Tadqiqotning vazifasi, ilmiy yangiligi va amaliy natijasiTadqiqotning vazifasi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari va darajalarini ishlab
chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Amaliy natijasi
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari (kasbiyterminologik, analitik-tahliliy, kasbiy-kommunikativ, yozmaprofessional) va darajalari (boshlang‘ich, tayanch, operatsion,
mustaqil) o‘quvchilarning kasbiy-lingvistik tayyorgarligini
bosqichma-bosqich diagnostika qilishga imkon beruvchi
indikatorlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash sohasida o‘quvchilarning kasbiykommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish
maqsadida, ESP (English for Specific Purposes)
yondashuvi asosida “Autolingua Pro metodi” nomli
mualliflik ishlanmasi ishlab chiqilgan va
amaliyotga joriy etilgan (Adliya vazirligining
2025-yil 21 -apreldagi 008836 raqamli
guvohnomasi);
10.
I-BOB: “KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA XORIJIYTILNI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNING ILMIYNAZARIY ASOSLARI”
deb nomlangan birinchi bobida kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tillar (ingliz tili)ni o‘qitishning
pedagogik muammolari, umumiy muloqot maqsadidagi til ta’limi bilan kasbga yo‘naltirilgan til
ta’limining qiyosiy-didaktik tavsifi, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kasbga tayyorlashda
xorijiy tilning o‘rni, mehnat bozori va xalqaro hamkorlik talablaridan kelib chiquvchi kasbiykommunikativ ehtiyojlar, kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarda xorijiy tilga oid kasbiy
ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, mazmun va tilni o‘zaro integratsiyalashgan
holda o‘qitish metodologiyasining tarkibiy qismlari hamda o‘quvchilarga bosqichma-bosqich pedagogik
ko‘mak berish asosida kasbiy-til kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari keltirib o‘tilgan.
11.
12.
GE (General English) va ESP (English for Specific Purposes) tizimlarining qiyosiy-metodik tavsifiMetodik mezon
Umumiy ingliz tili
Kasbga yo‘naltirilgan
ingliz tili
Kundalik va ijtimoiy muhitda
samarali muloqot qilish
Kundalik va ijtimoiy muhitda
samarali muloqot qilish
Muayyan kasbiy sohada professional
muloqot va faoliyatga tayyorlash
Umumiy va kundalik mavzular
Umumiy va kundalik mavzular
Muayyan kasbiy va texnik mavzular
Umumiste’moldagi leksik
birliklar
Umumiste’moldagi leksik
birliklar
Kasbiy terminlar va sohaga oid leksik
birliklar
Kundalik va ijtimoiy muloqot
Kundalik va ijtimoiy muloqot
Kasbiy vaziyatlar va professional
diskurs
Umumiy darsliklar, matnlar va
multimedia resurslari
Umumiy darsliklar, matnlar va
multimedia resurslari
Autentik texnik hujjatlar,
yo‘riqnomalar va kasbiy materiallar
Umumiy til kompetensiyasini
rivojlantirish
Umumiy til kompetensiyasini
rivojlantirish
Aniq kasbiy-kommunikativ
ehtiyojlarni qondirish
Umumiy til ko‘nikmalari va
kommunikatsiya
Umumiy til ko‘nikmalari va
kommunikatsiya
Kasbiy vaziyatlarda tilni amaliy
qo‘llash
Umumiy kommunikativ va
lingvistik yondashuvlar
Umumiy kommunikativ va
lingvistik yondashuvlar
Ehtiyojlar tahlili, kommunikativ,
kompetensiyaviy va vazifaga
asoslangan yondashuvlar
Xorijiy tilni kasbiy yo‘naltirib
o‘qitish (ESP) umumiy ingliz
tili (General English —
GE)dan, avvalo, ta’lim maqsadi,
mazmuni va funksional
yo‘nalishi bilan farqlanadi.
GEda kundalik va ijtimoiy
vaziyatlarda muloqot qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish
ustuvor bo‘lsa, ESPda xorijiy til
kasbiy faoliyatni amalga
oshirish, professional diskursni
tushunish va kasbiy axborotdan
samarali foydalanish vositasi
sifatida qaraladi.
13.
Tadqiqotda xorijiytilni o‘qitishning
zamonaviy
paradigmasi
sifatida ESP
(English for
Specific Purposes –
maxsus
maqsadlarga
yo‘naltirilgan
ingliz tili)
konsepsiyasi
ustuvor
metodologik
yondashuv sifatida
qabul qilindi.
14.
II-BOB: “KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARININGO‘QUVCHILARIDA XORIJIY TILNI KASBGA
YO‘NALTIRIB O‘QITISH METODIKASI”
kasbga yo‘naltirilgan xorijiy tilni o‘qitishning mazmuni va asosiy tamoyillari, uni metodik jihatdan
takomillashtirish modeli hamda “Avtomobil tuzilishi” va xorijiy til fanlari integratsiyasining metodik
imkoniyatlari yoritiladi. Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarga xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib
o‘qitish metodikasining mazmuni “Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”
yo‘nalishining kasbiy ehtiyojlari, o‘quvchilarning til bilish darajasi hamda kelgusidagi mehnat faoliyati
talablari asosida belgilandi. Kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish
metodikasining samaradorligi mazmun, metod, vosita va baholash mexanizmlarining yagona didaktik
tizim asosida tashkil etilishiga bog‘liq. Shu sababli tadqiqotda mazkur metodik tizimning asosini tashkil
etuvchi o‘zaro uzviy bog‘liq tamoyillar majmui ishlab chiqildi.
15.
Tadqiqot doirasida 50711604 – “Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”mutaxassisligining amaldagi o‘quv dasturi tahlil qilingan. Shu asosda xorijiy til bilish kompetensiyasining tarkibiy
komponentlari Bloom–Anderson taksonomiyasining kognitiv bosqichlariga mos ravishda tizimlashtirilgan.
Bloom–Anderson
taksonomiyasi
Yetakchi komponent
Kognitiv faoliyat mazmuni
Kasbiy faoliyat indikatori
Lingvistik
Kasbiy terminologiya va asosiy
grammatik birliklarni eslab qolish
hamda tanib olish
Engine, gearbox, brake system, clutch, suspension
kabi asosiy terminlarni to‘g‘ri aytish, yozish va
tanish
Lingvistik + kommunikativ
Texnik matn va terminlar mazmunini
anglash, tushuntirish va izohlash
Servis qo‘llanmalari, xavfsizlik yo‘riqnomalari va
avtomobil sxemalarining mazmunini tushunish va
sharhlash
Qo‘llash
Kommunikativ
Til vositalarini standart kasbiy
vaziyatlarda maqsadli qo‘llash
Diagnostik ko‘rsatmalarni tushunish va bajarish,
servis buyruqlaridan foydalanish, mijoz bilan texnik
muloqot olib borish
Tahlil qilish
Diskursiv
Texnik axborot tahlili, sabab–oqibatni
aniqlash va axborotni izchil ifodalash
Nosozlik sabablarini ingliz tilida tahlil qilish,
diagnostika natijalari va fault codesni sharhlash
Texnik qaror va kasbiy kommunikativ
vaziyatda muloqotning maqbul shaklini
tanlash
Ta’mirlash usullarini taqqoslash, servis reglamenti
asosida texnik holatni baholash va kasbiy muloqotni
yo‘lga qo‘yish
Kasbiy muammoga mustaqil yechim
topish va uni xorijiy tilda izchil
ifodalash
Murakkab nosozlikni yechish algoritmini ingliz
tilida ishlab chiqish, texnik loyiha yoki servis
taqdimotini tayyorlash
Bilish
Tushunish
Lingvo
Baholash
Yaratish
kulturologik +
kommunikativ
Strategik + diskursiv
16.
Integratsiyalashgan mashg‘ulotning ichkituzilishini tayyorgarlik → taqdimot →
amaliyot → muhokama → mustahkamlash
bosqichlarida tashkil etish maqsadga muvofiq.
Tayyorlov bosqichida o‘quvchilarning mavjud
kasbiy bilimlari faollashtirilib, darsning
muammoli vaziyati taqdim etiladi. Taqdimot
bosqichida yangi kasbiy terminologiya va
texnik mazmun o‘zlashtiriladi. Amaliyot
bosqichida o‘quvchilar terminologiya va til
vositalarini texnik topshiriqlarni bajarishda
qo‘llaydilar. Muhokama bosqichida
muammoning sabablari, diagnostika natijalari
yoki yechim variantlari xorijiy tilda tahlil
qilinadi. Mustahkamlash bosqichida esa
o‘zlashtirilgan kasbiy va lisoniy bilimlar
yangi vaziyatga ko‘chiriladi hamda o‘quvchi
faoliyatining yakuniy natijasi aniqlanadi.
17.
18.
Maqsad: Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o’quvchilarga xorijiy tilni kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasini takomillashtirishdan iboratMetodologik yondashuvlar:
Kompetensiyaviy, kasbga yo’naltirilgan (ESP), CLIL faoliyatga
yo’naltirilgan yondashuv
Tamoil
lar
Maqsadl
i blok
Nazariy-metodologik blok
Mazmunlitexnologik blok
Natijaviy-baholovchi
blok
Ijtimoiy buyurtma: Malaka talabi va davlat ta’lim standarti
kasbiy yo‘naltirilganlik, konseptual-kontentli integratsiya, kontekstli
ta’lim, kognitiv-analiz faollik, lisoniy va kasbiy konvergentsiya,
tizimlilik va izchillik
Bloom taksanomiyasi
Xorijiy til bilish kompetensiyasi tarkibiy tuzilishi, funksiya va sifatlari
Tarkibiy tuzilishi
Lingvistik, kommunikativ, diskursiv, lingvokulturologik,
strategik
Funksiyalari
Kommunikativ, kognitiv, sotsial, amaliy,
motivatsion
Ta’lim shakllari: Individual, guruhli, frontal, juftlik
Integratsiya ta’lim muhiti
Ta’lim metodlari va texnologiyalari
SCAMPER, Edutainment,
Boomerang, SMART texnologiyasi, AutoPro
Sifatlar
Moslashuvchanlik, tizimlilik,
samaradorlik
Ta’lim vositalari
O’quv qo’llanma, podcast, vodcast, case topshiriqlar,
tarqatma materiallar, mobil ilovalar
Strukturaviy-mazmuniy parallellik
Integratsiyalashgan bilingual keyslar
Integratsiyalashgan tandem-darslar
Baholash mezonlari
Kasbiy terminologik
Analitik-tahlili
Kasbiy kommunikativ
Yozma-professional
Baholash darajalari
Boshlang’ich (A1)
Tayanch (A2)
Operatsion (B1)
Mustaqil (B2)
Baholash usullari
Peer assessment (o’zaro baholash)
Performance assessment (amaliy baholash)
Natija: Kasbiy faoliyatga tayyor mutaxassis
19.
III-BOB: “Pedagogik tajriba-sinov ishlarinitashkil etish, o‘tkazish va natijalar tahlili”
deb nomlangan uchinchi bobda ishlab chiqilgan metodik model va taklif etilgan
innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan pedagogik
tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish hamda olingan natijalarni matematik-statistik
metodlar asosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, tajriba-sinov jarayonining
bosqichlari, baholash mezonlari va rivojlanish darajalari asosida o‘quvchilarning kasbiykommunikativ kompetensiyasidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, taklif etilgan metodikaning
pedagogik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
20. ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА УНИНГ НАТИЖАЛАРИ ТАҲЛИЛИ
TAJRIBA – SINOV JARAYONIDATajriba guruhida 86
nafar o‘quvchi
Nazorat guruhida 85
nafar o‘quvchi
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi
Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi
Toshkent tuman xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi
Samarqand transport texnikumi
Samarqand shahar 2-son texnikumi
Jami
171 nafar o‘quvchi
21.
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitishsamaradorligini baholash mezonlari va darajalari
Baholash mezoni
Boshlan
Tayanch
Operatsion
Mustaqil
g‘ich
Kasbiy-termino
Asosiy
terminlarni
taniydi
Terminlarni tushunadi Terminlardan kasbiy
va qo‘llaydi
vaziyatlarda foydalanadi
Terminologiyani erkin va aniq
qo‘llaydi
Analitik-tahliliy
Oddiy texnik
axborotni
tushunadi
Texnik matnni tahlil
qiladi
Diagnostika natijalarini
izohlaydi
Muammolarni tahlil qilib xulosa
chiqaradi
Kasbiy-kommuni
Sodda muloqot
qiladi
Standart kasbiy
vaziyatlarda muloqot
qiladi
Kasbiy muloqotni
mustaqil olib boradi
Murakkab professional
vaziyatlarda erkin muloqot qiladi
Qisqa yozma
topshiriq
Texnik ma’lumotlarni
yozma ifodalaydi
Hisobot va
yo‘riqnomalarni tuzadi
Texnik hujjatlarni mustaqil va
standartlarga muvofiq tayyorlaydi
logik
kativ
Yozma-professional
larni bajaradi
22. Nazorat va tajriba-sinov guruhlaridagi olib borilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari
Nazorat guruhidaTajriba guruhida
O‘quvchilarning
o‘zlashtirish
Tajriba boshida Tajriba oxirida Tajriba boshida
ko‘rsatkichi
n=85
n=84
m=86
Tajriba oxirida
m=84
Yuqori
12
14,12 %
20
23,81 %
12
13,95 %
31
36,90 %
O‘rta
30
35,29 %
34
40,48 %
30
34,88 %
40
47,62 %
Past
43
50,59 %
30
35,71 %
44
51,16 %
13
15,48 %
23. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV NATIJALARI
Tadqiqot natijalariga “Xi kvadrat” ( 2) muvofiqlik mezoni bo‘yicha matematik-statistik ishlov berish uchun ishchijadval ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlaridagi natijalarning samaradorligi 13 % yuqori ekanligi aniqlandi.
24.
XULОSАLAR0
11
Kasbiy ta’limda xorijiy til, ayniqsa
ingliz tili, o‘quvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini
shakllantirishda
muhim omil hisoblanadi. Nafaqat til
bilimlari, balki kasbiy muloqot,
axborot izlash, texnik hujjatlar bilan
ishlash va xalqaro mehnat bozorida
raqobatbardosh bo‘lish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot
natijalari xorijiy tilni o‘qitishning
kasbiy motivatsiyani oshirish va ilg‘or
tajribalarni amaliyotga tatbiq etish
imkoniyatlarini
kengaytirishini
ko‘rsatdi.
2
Samarali
yondashuvlar,
jumladan
kompetensiyaviy,
kommunikativ, integrativ va
shaxsga yo‘naltirilgan usullar
kasbiy faollikni xorijiy tilda
samarali olib borishga, texnik
hujjatlarni tahlil qilish va
innovatsion
fikrlashni
rivojlantirishga yordam beradi.
Bu yondashuvlar o‘quvchilarda
kasbiy madaniyat va xalqaro
raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
3
0
1
Kasbiy ta’limda xorijiy tilni kasbga
yo‘naltirib o‘qitish modeli modern
mehnat bozori talablariga muvofiq
shakllantirilishi lozim. Bu model
kasbiy
bilim,
ko‘nikma
va
malakalarni integratsiya qilgan
holda, o‘quvchilarni real ishlab
chiqarish muhitiga tayyorlaydi,
amaliy
muloqot
va
kasbiy
kompetensiyalarni shakllantiradi.
25.
XULОSАLAR0
14
Takomillashtirilgan metodika
xorijiy tilni nafaqat lingvistik
bilim sifatida, balki kasbiy
faoliyat vositasi sifatida
o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib,
o‘quvchilarning
mustaqil
fikrlash,
muammoli
vaziyatlarni hal etish va
innovatsion ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
0
1
5
6
Kasbga yo‘naltirilgan xorijiy
til mazmuni kasbiy muloqot
madaniyati, terminologiya va
amaliy
kommunikativ
ko‘nikmalarni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Kompetensiyalarni
baholash
mezonlari
va
darajalari
o‘quvchilarning kasbiy xorijiy til
ko‘nikmalarini aniq va individual
yondashuv
asosida
baholash
imkonini yaratadi hamda ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
26. TAVSIYALAR
1-TAVSIYA:Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilarining kasbga
yo‘naltirib o‘qitish bo‘yicha metodik kompetentligini rivojlantirish maqsadida pedagogik va
didaktik resurslar mazmunini takomillashtirish.
2-TAVSIYA: Xorijiy til fani modullari mazmunini xalqaro mehnat bozori talablari hamda xalqaro
ta’lim dasturlari bilan uyg‘unlashtirish va ularning uzviy integratsiyasini ta’minlash.
3-TAVSIYA:
Xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni
o‘rganish, umumlashtirish hamda ularni kasbiy ta’lim amaliyotiga bosqichma-bosqich joriy
etish.
27.
27EʼTIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT
Педагогика