Похожие презентации:
Nano ta'lim (3)
1.
Nano ta’limYangi asr o‘rganish modeli
Matn bilan ishlash va uni tahlil qilish
metodikasi. (Skimming, scanning, eksplitsit –
ochiq, implitsit – yopiq ma’no, fact checking)
2.
Nano ta’limgakirishNano ta’lim
bu zamonaviy texnologiyalar
yordamida axborotni qisqa, aniq va
samarali shaklda yetkazish
yondashuvidir. Bu uslub o‘quvchining
e’tiborini ushlab turish, ma’lumotni tez
qabul qilish va xotirada saqlash uchun
mo‘ljallangan. U oddiy o‘quv
modullariga nisbatan ixchamroq va
vizual jihatdan jozibaliroq bo‘lib, qisqa
muddatda katta foyda keltiradi. Nano
ta’lim bugungi avlodning o‘rganish
ehtiyojlariga moslashtirilgan yondashuv
hisoblanadi.
3.
Nano ta’limningasosi:Nano ta’limning asosiy tamoyili – axborotni
qisqa, lekin mazmunli shaklda yetkazishdir. Bu
yondashuv e’tibor muddati qisqa bo‘lgan
o‘quvchilar uchun ayni muddao bo‘lib xizmat
qiladi.
Har bir o‘quv bo‘lagi atigi 1-3 daqiqani egallab,
aniq bir maqsadga xizmat qiladi. O‘quvchi
o‘ziga kerakli bilimni tezda olish, tushunish va
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Bu usul uzluksiz o‘rganish va muntazam
yangilanish uchun qulay platforma yaratadi.
4.
Nano ta’limUchun tavsiya etiladi gan usullar
videorolik
Jigsaw o‘qish
metodi
infografika
5.
O‘qish qanday jarayon?O‘qishning interfaol modeli
O‘qish jarayonida matnni tushunish ham “pastdan tepaga”,, ham
“tepadan pastga” dekodlash orqali sodir bo‘ladi. (katta
elementlardan kichik elementlar ma’nosini chiqarib olamiz bir
vaqtda kichik elementlardan katta elementlar ma’nosini chiqarib
olamiz. Ma’no turli manbalardan kelib chiqadi.
6.
PISA – XALQARO O‘QUVCHILARNIBAHOLASH DASTURI
Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi – turli davlatlarda 15 yoshli
o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi
dastur
(PISA – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini tekshirishda
2018-yildan avval badiiy matnlar ishlatilgan. Hozir axborot
matnlaridan foydalaniladi.
7.
O‘qish savodxonligiga ta’sir qiluvchi faktorlar?O‘quvchi bilan bog‘liq faktorlar.(bilim darajasi, sxema, kognitiv
qobiliyat, motivatsiya va hokazo
Matn bilan bog‘liq faktorlar (format, qiyinlik darajasi, so‘zlarni qay
darajada tanishligi, grammatik strukturani qay darajada bilishi va
hokazo)
Topshiriq bilan bog‘liq faktorlar (umumiy ma’nosini tushunishga,
qaysidir so‘z ma’nosi, muallif ochiq etmagan fikrni topishga
qaratilgan topshiriq)
8.
Scanning –aniqma’lumotnitopishScimming – matnning umumiy
ma’nosini chiqarib olish,
qaymog‘ini yulib olish
Scanning – skaner qilib kerakli
ma’lumotni tezda topib olish.
Matn bilan
ishlash
9.
Umumiy mazmunni tushunish- SkimmingBu matnni tezda
ko‘zdan kechirish
orqali asosiy fikrni
anglash
metodidir.
Skimming
O‘quvchilar bu usul
orqali matnning
umumiy mazmunini
tushunib,
tafsilotlarga
to‘xtalmay harakat
qilishadi.
Bu yondashuv ularni
matnga tez kirishishga va
asosiy g‘oyani tezda
ilg‘ashga o‘rgatadi.
Ayniqsa, ko‘p materiallar
bilan ishlaydigan
o‘quvchilar uchun bu
metod katta vaqt tejaydi.
Nano ta’limda “skimming”
matn bilan birinchi
tanishuv bosqichi sifatida
muhim rol o‘ynaydi.
10.
Scanning –aniqma’lumotnitopishmatndan aniq
ma’lumotlarni topish
metodidir. Bu usul
yordamida o‘quvchi
matndagi sana, joy
nomi, fakt yoki raqam
kabi elementlarni tezlik
bilan ajratib oladi.
Scanning metodikasi,
ayniqsa, savol-javob
yoki testlar bilan
ishlaganda foydalidir.
Scanning
O‘quvchilar bu usul
orqali kerakli
javoblarni izlab
topishni o‘rganadilar.
Nano ta’limda
“scanning” yuqori
e’tibor va diqqatni
shakllantiradi.
11.
Matnni tushunish jarayonlariMa’lumotni topish (scanning orqali) atoqli ot, sana, vaqti
Tushunish (eksplitsit(ochiq) va implitsit(ochiq aytmagan ma’lumotni
tushunish) ma’nolar)
Baho berish va mushohada yuritish (fact checking)
12.
Eksplitsitvaimplitsitma’noEksplitsit (ochiq)
ma’no
matnda to‘g‘ridan to‘g‘ri
ifodalangan fikr
Implitsit
(yashirin) ma’no
muallif tomonidan bilvosita
yetkazilgan, o‘quvchining
anglashiga bog‘liq bo‘lgan fikrdir
Bu ikki turdagi ma’noni farqlash o‘quvchining tafakkuri va mantiqiy xulosalar chiqarish
salohiyatini oshiradi. Adabiy tahlil va dialoglarda, ayniqsa, muhim hisoblanadi.
Nano ta’limda bu yondashuv chuqur tushunishni talab qiladi.
13.
Matn tahliliMatn tahlili – bu uning
tuzilmasini, mazmunini va uslubiy
xususiyatlarini chuqur o‘rganish
jarayonidir. O‘quvchilar bu orqali
muallifning fikrini aniqlab, asosiy
va ikkilamchi g‘oyalarni ajratishni
o‘rganadilar. Tahlil qilish
ko‘nikmasi, ayniqsa, adabiy
matnlar bilan ishlaganda muhim
ahamiyatga ega.
14.
Matnni tushunishga xalal beradigan holatlar• Tegishli sxemaning mavjud emasligi matnni tushunishga (bilim,
tushuncha, tajriba yo‘qligi) yoki o‘quvchining oldingi va joriy (mutolaa
paytidagi) tajriba o‘rtasidagi nomuvofiqlik
• Sxemaning siljishidan bexabarlik (ma’no ko‘chishdan, ma’no
o‘zgarishdan bexabarligi)
• Meta-tushunish jarayoblarni (masalan, notanish so‘zlar ma’nosini
konteksdan “chaqish”) ishga solmaslik
15.
Til va leksikko‘nikmalar
Matn bilan ishlash til
boyligini oshirish va leksik
ko‘nikmalarni
rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Nano ta’lim bu
jarayonni qisqa
matnlar, testlar va
interaktiv topshiriqlar
orqali yo‘lga qo‘yadi.
So‘z boyligi orqali
o‘quvchi o‘z fikrini
aniq va ravon
ifoda etadi.
O‘quvchilar yangi
so‘zlarni kontekstda
tushunib, sinonim va
antonimlarni ajratishni
o‘rganadilar.
Bu usul
kommunikativ va
akademik
savodxonlikni
shakllantiradi.
16.
Nano ta’limningafzalliklariNano ta’limning
asosiy afzalliklari
Eng avvalo e’tibor va vaqtni
tejash
O‘quvchi qisqa vaqt ichida muhim
bilimni o‘zlashtiradi.
Axborotning ixcham va vizual shaklda
berilishi uni qiziqarli va esda qolarli qiladi.
Bu usul mobil qurilmalar orqali ham qulay
o‘rganishni ta’minlaydi.
Nano ta’lim – individual yondashuv, mustaqil
o‘rganish va tezkor rivojlanish vositasidir.
17.
Yakuniy xulosaNano ta’lim – bu zamonaviy
o‘qitish metodikasining
innovatsion shaklidir.
Kelajakda ta’lim jarayoni
aynan nano ta’lim kabi
ixcham, interaktiv va
samarali bo‘ladi.
U o‘quvchini faollikka
undaydi, o‘z fikrini
bildirishga va bilimni
amaliyotda qo‘llashga
o‘rgatadi.
Bu usul yangi avlodning
ehtiyojlariga mos,
zamonaviy ta’limning
ajralmas qismidir.
Matn bilan ishlashdagi
turli metodlar orqali
chuqur tahlil, fikrlash va
ijodiy yondashuv
shakllanadi.