406.32K
Категория: ПедагогикаПедагогика

Yoshlarni komil va yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida

1.

RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI
BUXORO VILOYAT BO'LIMI
Yoshlarni komil va yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun
ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida
“Yoshlarni g‘oyaviy tahdidlardan asrashda keksa avlod o‘giti
va ibrati”, “Farzandim jamiyatda kerak shaxs bo‘lsin
desangiz”, “Farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan mas‘uliyatsizlik
oqibatlari”
mavzulari yuzasidan ma’rifat soati

2.

Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne‘mati o‘zligimizni anglab etish
bo‘ldi. O‘zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‘oya,
milliy mafkuradan bahramand bo‘lishdir. Mamlakatimizdagi tinchlik va
barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki
ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib
borishiga imkon yaratdi. Yoshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar
ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan
bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. «Dunyoda
yoshlar ongi va qalbini egallashga» urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa,
yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq
bo‘lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni
ham o‘ylashga undaydi.

3.

Milliy g’oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo’lida
yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko’z
o’ngida kuchimiz, mavqeimiz va o’rnimiz shunchalik baland
ko’tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa
davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan
davlat, xalq emasmiz, mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va
mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e’tibor
uyg’otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda
millatning rivojlanishiga yo’l bermaydi.

4.

5.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotda fikrga qarshi
fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat
bilan kurashuvchi yoshlarni tarbiyalash kabi
mas’uliyatli ishning boshida birinchi navbatda otaonalar, keksa avlod turadi. Agarda ota-onalarning
o‘zlari ilm-u ma’rifatdan, kasb-hunardan uzoq
bo‘lsalar, aksariyat hollarda farzandlarining ham o‘zlari
kabi jaholat botqog‘iga botib, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib
ketishlariga sabab bo‘ladilar.

6.

7.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga
kirishishiga
bag‘ishlangan
tantanali
marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga
hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” — deb ta’kidlaganlari bejiz emas
Bugun rivojlanayotgan davlatimizda jahon mamlakatlari mutaxassislari
bilan bemalol raqobatlasha oladigan intellektual salohiyat egasi bo‘lgan
ijodiy fikrlovchi, ma’naviyati yuksak shaxslar zarurdir. Zero,
ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlarga qo‘shilmaydi, aniqrog‘i
jaholat ta'siriga berilmaydi.

8.

9.

10.

Oila
muhitida
avlodlar
o‘rtasidagi
munosabatni
moʻtadillashtirishda keksa avlodning turmush ibrati, muomala
madaniyati, bo‘lajak farzandlarini tarbiya-lashlari uchun
pedagogik
va
ijtimoiy-biologik
tayyorgarligi
oilani
jipslashtiruvchi jamoaviylik tamoyillar, ota-onalarning
mehnasevarligi va kitobxonligiga katta e’tibor berish lozim.
Ota-ona oldidagi muhim burch – farzandga go‘zal tarbiya
berish, chiroyli xulq-atvorli etib voyaga yetkazish. “Ota-ona
bolasiga berishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal tortiq – go‘zal
tarbiyadir”, deb marhamat qiladi payg‘ambarimiz.

11.

12.

Murg‘ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola
tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla
Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi
ibratli o‘g‘itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug‘ilgan kundan
boshlamak,
vujudimizni
quvatlantirmak,
zexnimizni
ravshanlashtirmak lozim”.
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim
o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi,
bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy
qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol
topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit,
madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiyhayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir.

13.

14.

Xulosa qilib aytganda oilada bola tarbiyasining milliy
o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan
o‘rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma’naviy-ruhiy
hotirjamlik, o‘zaro totuvlik xukmron bo‘lsa, oila a’zolari
bir-birlariga g‘amxo’r bo‘lsalar, bola tarbiyasining
tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi va ular farzandlariga
haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda
rivojlanish, jamiyatimizda olg‘a siljish bo‘ladi.
English     Русский Правила